Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O’zbekiston Milliy kutubxonasida olim To’ra Mirzayevning “Xodi Zarif suhbatlari”, “Go’ro’g’li Sulton dostonlari” kitoblari taqdimoti bo'lib o'tdi - Bo`limga qaytish


22.11.2013
O’zbekiston Milliy kutubxonasida olim To’ra Mirzayevning “Xodi Zarif suhbatlari”, “Go’ro’g’li Sulton dostonlari” kitoblari taqdimoti bo'lib o'tdi.
22 noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasida olim To‘ra Mirzayev bilan ijodiy uchrashuv hamda “Xodi Zarif suhbatlari”, “Go‘ro‘g‘li Sulton dostonlari” kitoblari taqdimoti bo'lib o'tdi. 
Ma’lumot: To‘ra Mirzayev 1936 yilda tug‘ilgan. 1957 yilda Buxoro davlat pedagogika institutini tamomlagan. 1960 yilgacha Surxondaryo viloyatida o‘qituvchilik qilgan. 1961 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot institutida aspirant, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, bo‘lim mudiri, institut direktori vazifalarida ishlagan. O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlari doktori, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati professor To‘ra Mirzayevning “Alpomish” dostonining o‘zbek variantlari”, “Xalq baxshilarining epik repertuari”, “Doston va baxshi” monogarafiyalari “Xodi Zarif suhbatlari”, “Go‘ro‘g‘li Sulton dostonlari” kitoblari hamda yigirmadan ortiq risolalari nashr etilgan.
Tadbirda To’ra Mirzayev, Baxtiyor Nazarov, Naim Karimov, Suyuma G’aniyeva, Asror Samad, Omonullo Madayev, Abduqahhor Ibrohimov, Muhammadali Qo’shmoqov, Anvar Husayinov, Qahramon Rajabov, Qurdosh Qahramonov, Jamol Kamol, Ibrohim Haqqulov, Mamatqul Jo’rayev kabi elimizga taniqli akademik, olim, professorlar hamda Milliy kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar. So’zga chiqqanlar To’ra Mirzayev asarlari ayniqsa uning “Xodi Zarif suhbatlari” va “Go‘ro‘g‘li Sulton dostonlari” kabi kitoblari haqida hamda o’zbek folklori rivojiga qo’shgan o’zining ulkan va beminnat hissasi haqida so’z yuritdilar.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar