Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
11.12.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida A.Qahhorning “Yangi asr” nashriyotida nashr qilingan “Muhabbat” nomli qissasining taqdimoti


2014 yil 11 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kichik majlislar zalida A.Qahhorning “Yangi asr” nashriyotida nashr qilingan “Muhabbat” nomli qissasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda prof. U.Normatov, f.f.n. U.Qosimov, shoir X.Akbarov, O‘zbekiston xalq xofizi H.Rajabiy, “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri Ulug‘bek Hamdam, A.Qahhor uy-muzeyi direktori N.Jalolovalar va boshqalar ishtirok etdilar.

11.12.2014 “Biz kelajakka ishonamiz!” mavzusida respublika yoshlar Forumi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida

 2014 yil 11 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida “Biz kelajakka ishonamiz!” mavzusida respublika yoshlar Forumi bo‘lib o‘tdi.

10.12.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida adabiyotshunos olim, faylasuf, publitsist Vohid Zohidov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma


2014 yil 10 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “O‘zbekiston” zalida adabiyotshunos olim, faylasuf, publitsist Vohid Zohidov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.
Iste’dodli olim va pedagog, o‘zbek adabiyotshunoslik fanining tug‘ilish, shakllanish va ravnaq topishida o‘z hissasini qo‘shgan Vohid Yo‘ldoshevich Zohidov 1914 yil Toshkentda tavallud topgan. O‘zbek adabiyotshunosi, faylasuf, publitsist yozuvchi, jamoat arbobi Voxid Zohidovni ko‘p adabiyotshunos olimlar, tarixchi va jurnalistlar o‘ziga ustoz deb biladilar.

10.12.2014 Diqqat e’lon!


2014 yil 11 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Ilm”, “Bunyodkor”, “Istiqbol”, “Kashfiyot”, “ O‘zbekiston”, “Jahon”, “Adolat” va “Ijod” o‘qish zallarida “Biz kelajakka ishonamiz!” mavzusida respublika yoshlar forumining seksiya tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan Milliy kutubxona 11 dekabr soat 13:00 dan xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

10.12.2014 Mustaqil O‘zbekistonning 2015 yilgi muhim va unutilmas sanalar taqvimi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirish xizmati tomonidan “Mustaqil O‘zbekistonning muhim va unutilmas sanalari” taqvimi o‘zbek va rus tillarida har yili tayyorlanishi an’anaviy tarzda davom etib kelmoqda.
Ushbu taqvimda asosan o‘lkashunoslik mazmunidagi ma’lumotlar kiritilgan bo‘lib, mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotiga oid unutilmas sanalar hamda davlat va jamoat arboblari, san’at va fan fidoyilarining tavallud sanalari berilgan.
Muhim sanalar xronologik tartibda oylar bo‘yicha, so‘ngra 2015 yilda nishonlanadigan muhim sanalar hamda mashhur shaxslar tavallud sanalari joylashtirilgan.
Ushbu taqvim keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

10.12.2014 E’lon


Hurmatli foydalanuvchilar! Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi Nizomning 11 va 32 bandlariga muvofiq O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga 2012 yil a’zo bo‘lganlar 2015 yilning 2 yanvaridan 1 aprelga qadar, 2013 yil a’zo bo‘lganlar esa 1 apreldan 1 iyungacha qayta ro‘yxatdan o‘tishingizni so‘raymiz.


Oldin   60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar