Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda - Bo`limga qaytish


15.11.2013
 
11 - 15 noyabrgacha  Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 306 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 106 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 39 nusxa, tibbiyot - 1 nusxa, badiiy adabiyot - 6 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 2 nusxa,  texnika - 1 nusxa, ta'lim va madaniyat - 25 nusxa, tabiiy fanlar - 19 nusxa, adabiyotshunoslik - 13 nusxa) va 200 ta avtoreferatga (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi : siyosat - 40 nusxa, tibbiyot - 12 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 7 nusxa, texnika - 49 nusxa, san'at - 13 nusxa, ta'lim va madaniyat - 27 nusxa, tabiiy fanlar - 40 nusxa, sport - 3 nusxa, tilshunoslik - 1 nusxa, yuridik adabiyotlar - 3 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
7627 nomdagi  bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi. 
Shu kungacha Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarning 2463 tasiga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) indeksi va bibliografik tavsifi berildi.     
Jami: hozirgi kunda  AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 435900 taga yetdi.
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 11  - 15 noyabr holatiga ko‘ra 68 nusxa gazeta; 29 nusxa jurnal; jami 613 bibliografik yozuv kiritildi; 251 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda 78 ta ISBN raqami (69 kattalar adabiyoti va 9 bolalar adabiyoti uchun)  berildi. 67 ta kattalar adabiyoti  va 8 ta bolalar adabiyoti uchun 24  ta  hisob-kitob shartnomasi tuzildi.  
Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 1 ta davriy nashrga raqam berildi, 4 ta davriy nashrga hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
 

 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar