Foydali resurslar
7 dekabr kuni “Ijod” o‘quv zalida O‘zbekiston xalq artisti, opera xonandasi Halima Nosirova tavalludining 100 yilligi munosabati bilan kitob - rasmli ko‘rgazma tashkil qilinadi.
11 dekabr kuni soat 15:00 da Ko‘rgazmalar zalida “Ofat eshik qoqib kelmasdan...” mavzusida sog‘lom turmush tarzi va narkomaniyaga qarshi kurashga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil qilinadi.
12 dekabr kuni soat 10:00 da Ko‘rgazmalar zalida “Umidvorlik” nogiron bolalarga yordam berish markazi bilan hamkorlikda “Hunarmandchilik ustaxonasi - imkoniyati cheklangan yoshlarni birlashtirishning shakli sifatida” mavzusida ma'lumot-axborot uchrashuvi o‘tkaziladi.
12 dekabr kuni soat 15:00 da Majlislar zalida kinorejissyor Zulfiqor Musoqov bilan ijodiy uchrashuv o’tkaziladi.
24 dekabr kuni “O‘zbekiston” o‘quv zalida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, shoir va dramaturg Turob To‘lanning 95 yilligiga bag‘ishlab adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi va bibliografik obzor tashkil qilinadi.
27 dekabr kuni soat 14:00da kutubxona foyesida “2013 - Yilning eng faol kitobxoni” tanlovi o‘tkaziladi.