Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida noyabr oyida tashkil qilinadigan tadbirlar - Bo`limga qaytish


13.11.2013

8 noyabr soat 12:00da Majlislar zalida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunni munosib kutib olish uchun tayyorgarlik ko‘rish hamda bayram konsert dasturi uchun yuqori saviyadagi qo‘shiqlar yaratishga bag‘ishlab “Sozimda Vatan vasfi” deb nomlangan ijodiy muloqot va davra suhbati tashkil qilinadi.

13 noyabr soat 16:00 da Ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning 85 yilligiga bag‘ishlab “Mehrga yo‘g‘rilgan ijod” mavzuida ijodiy uchrashuv o‘tkaziladi.

18 noyabr kuni  O‘zbekiston Respublikasi Bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan «Tafakkur» o‘quv zalida kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil qilinadi.

22 noyabr soat 15:00 da  Majlislar zalida olim To‘ra Mirzayevning “Xodi Zarif suhbatlari”, “Go‘ro‘g‘li Sulton dostonlari” kitoblari taqdimoti tashkil qilinadi. 

22 noyabr soat 18:00 da Kinozalda “Mehr va oqibat” hayvonlarni muhofaza qilish jamiyatining yig‘ilishi va “Jonli tabiat” filmi namoyishi bo‘lib o‘tadi.

25-30 noyabr kunlari  “Yosh rassomlar ijodidan” rasmlar ko‘rgazmasi tashkil qilinadi.

27 noyabr soat 16:00 da Kitob ko‘rgazmalar zalida Toshkentlik shoir Gennadiy Kim ijodiga bag‘ishlangan xotira kechasi “Danko” adabiy-ijodiy uyushmasi, Koreys milliy madaniyat markazi, “Archa” mualliflik qo‘shiqlar klubi hamkorligida tashkil qilinadi.  
 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar