Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
18.12.2014 Kutubxona foydalanuvchilari diqqatiga!


2014 yil 22 dekabr kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Koreyaga yo‘l” o‘qish zalining ochilishi bo‘lib o‘tadi. Zal shu nomli loyiha asosida tashkil etilgan bo‘lib, Koreya Milliy kutubxonasi va O‘zbekistondagi Koreya Respublikasi elchixonasi tomonidan taqdim etilgan axborot resurslari bilan jixozlangan.
Soat 14:00 da (tantanali ochilish marosimidan avval) O‘zbekistondagi Koreya Respublikasi elchixonasi mutaxassislari tomonidan Koreya suvenirlarini yasash bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tadi.

16.12.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Jome’ ahkom as-sig‘or” asariga bag‘ishlangan “Sog‘lom bola masalasi ajdodlarimiz merosida” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi


2014 yil 16 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining majlislar zalida “Jome’ ahkom as-sig‘or” asariga bag‘ishlangan “Sog‘lom bola masalasi ajdodlarimiz merosida” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbati Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar” xizmati tomonidan tashkil etildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Vazirlar mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti, “Iste’dod” jamg‘armasi vakillari, professor-o‘qituvchilar va talabalar qatnashdilar. Konferensiyani Qobilbek Karimbekov olib bordi.

16.12.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbon bilan ijodiy uchrashuv


O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 2014 yil 16 dekabr kuni majlislar zalida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbon bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ijodiy uchrashuv O‘zbekiston Qurolli kuchlar harbiy akademiyasi xizmatchilari oila a’zolari uchun tashkil etilgan bo‘lib unda Davlat mukofoti laureati, shoir Abdumajid Azim, f.f.d.,shoira Sayyora To‘ychiyeva, jurnalist Javlon Jovliyevlar ishtirok etdilar.

15.12.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Konstitutsiya va barkamol avlod” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya


2014 yil 15 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kichik majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya va barkamol avlod” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy-amaliy konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Toshkent Davlat yuridik universiteti huzuridagi Akademik litsey hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib unda mazkur litsey va Toshkent iqtisodiyot va diplomatiya universiteti huzuridagi Akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etdilar.

12.12.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxronasida “Yaxshilik qilmoqlik-ulug‘ fazilat” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma


2014 yil 12 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxronasi “Tafakkur” o‘qish zalida xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Yaxshilik qilmoqlik-ulug‘ fazilat” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.
Ko‘rgazmada “Otalar so‘zi-aqlning ko‘zi”, “Yaxshi kishilar odobi”, “Adab durdonalari” va ahloq”, “Mehr chashmasi”, “Oila odobi”, “Yaxshilik urug‘i”, “Yaxshi fazilat – insonga ziynat” kabi kitoblar va risolalar o‘rin olgan.

12.12.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Yosh avlod tarbiyasida o‘zbek milliy kostyum an’analarining o‘rni» mavzusida ilmiy-amaliy anjuman


2014 yil 12 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kichik majlislar-zalida Madaniyat va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, «OSIYO RAMZI» O‘zbek modelerlari va dizaynerlari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan «Yosh avlod tarbiyasida o‘zbek milliy kostyum an’analarining o‘rni» mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. “Milliy libos” festivali doirasida bo‘lib o‘tgan mazkur anjumanda Yevropa va O‘zbekistonning oliy ta’lim muassasalari va soha ilmiy tadqiqot institutlarining olimlari, san’atshunoslar, dizaynerlar hamda respublika to‘qimachilik va tikuvchilik korxonalarining yetakchi mutaxassislari ishtirok etdilar.


Oldin   59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar