Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O'zbekiston Milliy kutubxonasida O'zbeknavo estrada birlashmasi va Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda - Bo`limga qaytish


11.11.2013
8-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasida O'zbeknavo Estrada birlashmasi, Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunni munosib kutib olish uchun tayyorgarlik ko'rish hamda Adib nashriyoti tomonidan nashr etilgan "Sozimda Vatan vasfi" deb nomlangan kitob taqdimotiga bag'ishlangan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.
Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 20 martdagi Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi - axborot resurs markazi faoliyatini tashkillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi  PQ-1729-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 apreldagi 98-sonli qarorlarida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta'minlash, mamlakatimizda milliy va jahon madaniyatini, fan va ta'limni rivojlantirish manfaatlari yo'lida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etish, aholiga, ayniqsa yoshlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish orqali axborot-kutubxona xizmatini ko'rsatish, ularni intellektual salohiyatini, bilimini, ma'naviy-axloqiy va madaniy ehtiyojlarini to'liq qondirish uchun qulay shart-sharoitlar, keng axborot resurslari bazasini yaratish sohasida bir qator  natijalarga erishdi.
Tadbirda davlatimizda axborot-kutubxona sohasidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov rahbarligi ostida amalga oshirilgan islohotlarning borishi, ularning mantiqiy yakuni va natijasi bo'lmish Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonaning yangi binosining qurilishi to'g'risida atroflicha fikr yuritildi.
Bugungi kunda Milliy kutubxonaning fondi 6,900 mln. nushani tashkil etadi. Ulardan 16 mingtasi qo'lyozma, nodir va alohida qimmatga ega bolgan nashrlar, 3,8 mlndan ortiq kitoblar, 1,5 mlndan ortiq  davriy nashrlar, 58 minga yaqin musiqa va nota nashrlari, 75 tildagi 552 mingdan ziyod xorijiy nashrlar, 14 mingdan ziyod dissertatsiyalar, 319 mingga yaqin elektron nashrlar, bir qator hujjatli va badiiy filmlar, audiokitoblar va boshqa turdagi axborot resurslar mavjud. Kutubxonada foydalanuvchilar uchun 220 ta kompyuterlar, 20 ta netbuk, 10 ta info-kiosk hamda internet va WI-FI dan foydalanish imkoniyatlari, shuningdek chet el elektron ma'lumotlar bazasiga kirish imkoniyatlari mavjud. O'rtacha kutubxonaga tashrif buyurish kuniga 1800-2100 kishini tashkil etadi. Kutubxonaga tashrif buyurish 809,0 mingdan ortiq nafarni tashkil etadi, bu ko'rsatkich o'tgan yilga nisbatan 1,4 barobarga oshganligini ko'rsatadi, kitob berish esa - 4,5 mlndan ziyod nusxani tashkil etadi, bu ko'rsatkich o'tgan yilga nisbatan 2,2 barobarga oshganligini ko'rsatadi. 
Tadbirda Milliy kutubxonada umumiy axborot madaniyatini oshirish, kitobni mutolaa qilish madaniyatini yanada ko'tarish, yangi interaktiv xizmat turlarini oshirish maqsadida joriy yilning 28 oktabr - 1 noyabr kunlari o'tkazilgan INFOLIB UZBEKISTAN - 2013 ikkinchi Milliy axborot-kutubxona haftaligi haqida batafsil ma'lumot berib o'tdi.
Shundan song tadbirni Adib nashriyotida chop etilgan Sozimda Vatan vasfi deb nomlangan kitob taqdimoti davom ettirdi. Kitobda yurtimiz shoirlari qalamiga mansub bo'lgan she'rlar orin olgan bo'lib, tadbirda bir nechta mualliflarning o'zlari ham ishtirok etdilar. Uchrashuv qizgin bahs-munozaralar bilan davom etdi. Yig'ilganlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda ayrim yosh ijodkorlar ijodidan yangi she'rlarni tinglashga muyassar bo'ldilar.
Tadbirda xalqimiz tomonidan ming yillar davomida madaniyat durdonalari va milliy qadriyatlarimizga boy bo'lgan, kutubxonada bosma yodgorliklardagi aks ettirilgan fikr va dono hikmatlar asosida estrada xonandalari tomonidan o'z repertuarlarini yanada boyitish to'g'risida fikr yuritildi.
Ushbu tadbirda O'zbeknavo estrada birlashmasi xodimlari, Yozuvchilar uyushmasi a'zolari hamda elimiz suygan san'atkorlar: O'zbekiston xalq artistlari, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar,  Nihol mukofoti sovrindorlari va yosh estrada xonandalari ishtirok etdilar.
San'atkorlar kutubxona ro'yxatidan o'tganlaridan so'ng kutubxona va Simpoziumlar saroyi bo'ylab ekskursiyalarda ishtirok etdilar. Ular kutubxona bilan yaqindan tanishish chog'ida unda yaratilgan sharoitlar yosh avlod uchun yurtimizda yaratilgan eng katta yutug'imiz ekanligini alohida ta'kidladilar.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar