Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda -
Bo`limga qaytish
04.11.2013
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 28 oktyabr - 1 noyabr holatiga ko‘ra 36 nusxa gazeta; 8 nusxa jurnal; jami 301 bibliografik yozuv kiritildi; 249 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda 41 ta ISBN raqami (33 kattalar adabiyoti va 8 bolalar adabiyoti uchun) berildi. 33 ta kattalar adabiyoti va 8 ta bolalar adabiyoti uchun 14 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 1 ta davriy nashrga raqam berildi, 2 ta davriy nashrga hisob-kitob shartnomasi tuzildi.