Foydali resurslar
Milliy kutubxоnа muzеyidа 2015 yil yanvаr оyidа nаvbаtdаgi mаvzuli kitоblаr ko’rgаzmаsi bоshlаnаdi. Ushbu оydаgi muzеy mаvzusi “Hаrbiy fаn tаrixi vа nаzаriyasi”gа оid kitоblаr ko’rgаzmаsi bo’lib, «Vаtаn himоyachilаri kuni» vа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Qurоlli Kuchlаri tаshkil etilgаnligining 23 yilligigа bаg’ishlаnаdi. Hаrbiy sоhаgа оid qаdimiy kitоblаr nаmоyishi 2015 yilning 1 yanvаridаn 31 yanvаrigа qаdаr dаvоm etаdi.
2014 yil 23 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kichik majlislar zalida kutubxona foydalanuvchilari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Milliy kutubxona rahbarlari, xodimlari, foydalanuvchilar, kiziquvchilar va OAV vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirni o‘tkazishdan maqsad – foydalanuvchilarni kutubxona ishi, bu yerdagi mavjud sharoitlar, xizmat turlari va o‘tkazilgan tadbirlar bilan tanishtirish, o‘zaro muloqot o‘rnatish, ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini baholash, muammoli jihatlarni aniqlash, foydalanuvchilarning kutubxona haqidagi fikr va mulohazalarini tinglash, ularning talab va istaklarini inobatga olgan holda 2015 yilgi istiqbol rejalarini belgilash.
2014 yil 22 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 4-qavatida “Koreyaga yo‘l” ixtisoslashgan o‘qish zalining ochilishi bo‘lib o‘tdi. O‘qish zal Koreya Milliy kutubxonasi bilan hamkorlik doirasidagi loyiha asosida tashkil etilgan bo‘lib, u sheriklarimiz va O‘zbekistondagi Koreya Respublikasi Elchixonasi tomonidan taqdim etilgan axborot resurslari bilan jixozlangan.
Ochilish marosimida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjayev, Koreya Milliy kutubxonasi direktori - Ryu Djung Yung va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi -Li Uk Xyong so‘zga chiqdilar. Shuningdek tadbirda «Maragi» koreys so‘zlashuv klubi a’zolari she’r va qo‘shiqlar bilan ishtirok etdilar.
Har birimizning hayotimizga unutilmas yangiliklar va qiziqarli voqealar olib kelgan 2014 yil ham nihoyasiga etmoqda. Ortimizga nazar tashlab, erishilgan natijalarni sarhisob qilish va yangi 2014 yil uchun kutubxonamizning istiqbol rejalarini belgilab olish fursati keldi.
Shu munosabat bilan Sizlarni 2014 yil 23 dekabrь kuni soat 15:00da kichik majlislar zalida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tadigan “Ochiq muloqot” uchrashuviga taklif etamiz.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan Respublikadagi axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan o‘zaro aloqani ta’minlash bo‘yicha metodik markaz vazifasini bajaradi.
2014 yil sentyabr oyida Milliy kutubxona Quyichirchiq Transport va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji axborot-resurs markazi ishini o‘rganish, axborot-kutubxona sohasida qabul qilingan me’yoriy hujjatlar asosida markaz ishini to‘g‘ri tashkil qilish, fondlarni shakllantirish, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishning yangi shakllarini joriy etish masalalarini qamrab olgan hamkorlik shartnomasi tuzilgan bo‘lib, unga ko‘ra qator ishlar amalga oshirildi.