“INFOLIB UZBEKISTAN -2013” haftalik doirasida bolalar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha turnir o‘tkazildi -
Bo`limga qaytish
01.11.2013
31 oktyabr kuni Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Milliy kutubxonaning “Adolat” o‘quv zalida 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida O‘zbekiston shaxmat Federatsiyasi bilan hamkorlikda shaxmat bo‘yicha turnir o‘tkazildi. Tadbirni tashkil etishdan maqsad yoshlarni shaxmat tarixi, O‘zbekistonda shaxmat sportining rivojlanishi va shaxmat olamida sodir bo‘layotgan oxirgi yangiliklari haqida ma'lumotlar berish edi.
.jpg)
Tadbirda shaxmat sporti bo‘yicha nashr qilingan yangi kitoblar va shu mavzuga oid jurnallar ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi.
.jpg)