“INFOLIB UZBEKISTAN - 2013” Milliy axborot-kutubxona haftaligi - tanlovlar kuni -
Bo`limga qaytish
31.10.2013
Milliy kutubxonada “INFOLIB UZBEKISTAN - 2013” haftaligi doirasida 31 oktyabr kuni bir qancha tanlovlar bo‘lib o‘tdi. Ulardan biri “Adabiyot bilimdoni” tanlovidir. Ushbu tanlovning o‘tkazilishidan asosiy maqsad mumtoz va hozirgi o‘zbek adabiyoti hamda jahon adabiyotining eng yaxshi bilimdonini aniqlashdir. Badiy asarlar bo‘yicha eng yaxshi bilimdonlar bellashuvi viktorina tarzida adabiyotning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazildi: o‘zbek klassik adabiyot bilimdoni, hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti bilimdoni, jahon klassik adabiyoti bilimdoni, hozirgi zamon jahon adabiyoti bilimdoni. Tanlovda Maxmuda Valiyeva, Jaxongir Norbutayev, Mavluda Imomnazarova, Nodira Ayupovalar g‘olib deb topildilar hamda kutubxona tomonidan MR-3 pleyer, fleshka, kitob kabi esdalik sovg‘alariga ega bo‘ldilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 10 oktyabrdan 24 oktyabrga qadar “Dil izhorlari” tanlovini e'lon qilgan edi. Tanlov “Kitob ila dunyo ochilur…” shiori ostida she'riy ko‘rinishda namoyon etilgan bo‘lib, 31 oktyabr kuni “INFOLIB UZBEKISTAN - 2013” haftalik doirasida eng mazmunli va chiroyli she'rlar xay'at a'zolari tomonidan o‘qib eshittirilib, g‘oliblarni haftalikning yopilish marosimida taqdirlanishi ko‘zda tutildi.
Shu bilan birga tanlovlar kunida “Kutubxona haqida eng yaxshi insho” va “Kutubxona haqida eng yaxshi she'r” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad mutolaaga bo‘lgan mehrni oshirish va uni targ‘ib qilish, aholiga, ayniqsa yoshlarga kerakli bo‘lgan axborotni mustaqil ravishda izlashdir. Tanlov shartiga ko‘ra eng yaxshi insho va she'rlar mutolaaga ijobiy munosabat, axborot-kutubxona muassasalarining foydasi, mutolaa yordamida erishilgan muvaffaqiyat haqidagi g‘oyalarni o‘z ichida qamrab olgan bo‘lishi kerak edi she'r va insholar quyidagi talablar asosida tanlab olindi: adabiy til me'yorlariga muvofiqligi, matnning imlosi, o‘ziga xos badiiy saviyasi, muallifning ravshan idrok tafakkuri.
Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida Milliy kutubxonaning “Adolat” o‘quv zalida bolalar o‘rtasida O‘zbekiston shaxmat Federatsiyasi bilan hamkorlikda shaxmat bo‘yicha turnir o‘tkazildi. Tadbirni tashkil etishdan maqsad yoshlarni shaxmat tarixi, O‘zbekistonda shaxmat sportining rivojlanishi va shaxmat olamida sodir bo‘layotgan oxirgi yangiliklar haqida ma'lumotlar berish bilan birga tadbirda sport maktabi o‘quvchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirokida shaxmat o‘yini o‘tkazish edi. Tadbirda shaxmat sporti bo‘yicha nashr qilingan yangi kitoblar va shu mavzuga oid jurnallar ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi.
.jpg)
Shuningdek haftalik doirasida O‘zbekiston xalq artisti Farruh Zokirov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
.jpg)
Farrux Zokirov Toshkent shahrida musiqashunoslar oilasida dunyoga keldi. Otasi - Karim Zokirov xalq artisti hamda Alisher Navoiy nomdagi O‘zbekiston Davlat opera va balet teatri solisti. Onasi - Shoista Saidova xalq qo‘shiqlarini kuylagan Muqimiy nomidagi drama va komediya musiqiy teatri yakkaxoni. Oilasida 5 ta o‘g‘il hamda 1 qiz: Botir, Luiza, Naufal, Jamshid, Farrux, Ravshan. Oilaning barcha a'zolari musiqashunoslardir. Tadbirda muxlislar ijodkorning ijodiy hayoti, faoliyati, san'atda erishgan yutuqlari haqida ma'lumotlarga ega bo‘lish bilan birga Farrux Zokirovdan jonli ijroda qo‘shiq tinglashga muyassar bo‘ldilar.
.jpg)