Milliy kutubxonada kulolchilik bo‘yicha mahorat maktabi o‘tkazildi - Bo`limga qaytish
30.10.2013
30-oktabr kuni Milliy kutubxonaning “Ijod” o‘quv zalida “Granart” ijodiy markazi bilan hamkorlikda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun kulolchilik bo‘yicha mahorat maktabi o‘tkazildi. Tadbirni o‘tkazishdan maqsad bolalarda fantaziyani va kichik detallarni yasash mahoratlarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida bolalar loydan hayvonlar, qushlar va baliqlarni yasadilar.