Milliy kutubxonada “INFOLIB UZBEKISTAN -2013” haftaligi doirasida rassomlik bo‘yicha mahorat maktabi bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish
30.10.2013
30-oktabr kuni Milliy kutubxonaning “Ijod” o'quv zalida “Granart” ijodiy markazi bilan hamkorlikda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun rassomlik bo‘yicha mahorat maktabi o‘tkazildi. Mazkur mahorat maktabi bolalarda tasavvur, fikrlash va estetik didning yanada rivojlanishiga yordam berdi. Tadbir davomida bolalar aralash texnika asosida rasmlar chizdilar, hamda turli xil bezatish va dizaynerlik usullari bilan tanishdilar.