Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“INFOLIB UZBEKISTAN -2013” haftaligi doirasida tarixchi, arxeolog, akademik Edvard Rtveladze bilan “Dunyoda arxeologiya rivojlanishi tendensiyasi” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


30.10.2013

30-oktabr kuni Milliy kutubxonada tarixchi, arxeolog, akademik Edvard Rtveladze bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o'tdi. 
Edvard Rtveladze - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori, professor, jamoat arbobi, buyuk tarixchi olim, arxeolog, pedagog, Oliy Majlis senati a'zosi, «Beruniy» nomidagi davlat mukofoti, «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni, «Mehnat shuhrati» ordeni sovrindori. Mamlakatimiz va xorijda chop etilgan sakkiz yuzdan ortiq ilmiy asarlar muallifidir. 

1942 yil 14 mayda Borjomi shahrida (Gruziya) tug‘ilgan. 1967 yilda Toshkent davlat universitetini tarixchi-arxeolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 

Edvard Vasilyevich ko‘p yillar mobaynida arxeologik ekspeditsiyani boshqarib kelmoqda, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San'atshunoslik institutida san'at tarixi kafedrasi rahbari sifatida katta ishlar olib bormoqda, san'atshunslar, arxeologlar, tarixchilar, muzeyshunoslarning yangi avlodini tarbiyalab kelmoqda. Olimning kasbiy faoliyati uning jamoatchilik ishlaridagi faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Fond Forumning Vasiylik kengashi, Oliy Majlis Senati a'zosi sifatida u mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shmoqda.

E.Rtveladzening “Markaziy Osiyo tamaddunlari, davlatlari va madaniyatlari” kitobi Fond Forum tomonidan ingliz va yapon tilida chop etilgan. Mazkur asar Markaziy Osiyo mintaqasidagi tamaddunlar va davlatlar tarixi, Yevrosiyo qit'asidagi turli xalqlar madaniyatining o‘zaro aloqasi masalalariga bag‘ishlangan. Asarning rus tilidagi nashri Fan va texnika sohasidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Edvard Rtveladze ilmiy kashfiyotlari va ijodiy yondashuvi bilan barchani hayratga solishda davom etmoqda. Olim erishgan yutuq va muvaffaqiyatlar mamlakatimizni chuqur tarixiy va ma'naviy ildizlarga ega qadimiy buyuk o‘lka sifatida jahonga tanitdi.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar