Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
08.01.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida mohir san'atkor Hikmat Latipov tavalludining 115 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma


2015 yil 7 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ijod” o‘qish zalida mohir san'atkor Hikmat Latipov tavalludining 115 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmadan san'atkorning bosib o‘tgan ijod yo‘lidan so‘zlovchi kitoblar, Hikmat Latipovning shogirdlari va davomchilari hotiralari va rollari muhrlangan fotosuratlar o‘rin olgan. Foydalanuvchilar mazkur ko‘rgazmadan o‘zbek teatr va kino san'atida beqiyos iz qoldirgan fidoiy inson Hikmat Latipov haqida boy ma'lumotga ega bo‘ladilar.  Hikmat Latipov 1900 yil 1 yanvarda Buxoroda tavallud topgan. Sahna faoliyatini 1922 yilda Buxoro teatrida boshlagan Hikmat Latipov 1924 yillarda Moskvaga, Vaxtangov teatri qoshidagi Aktyorlik mahorati Maktabiga yo‘llandi. 1927-61 yillar yillar davomida “Yosh gvardiya” so‘ngra Hamza teatrida aktyor sifatida faoliyat yuritgan.

06.01.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yanvar oyida tashkil qilinadigan tadbirlar:


13 yanvar kuni soat 15:00 da
kichik majlislar zalida  adib Muso Toshmuhammad  o‘g‘li  Oybek  tavalludining  110 yilligi  munosabati bilan  davra-suhbati va  “O‘zbekiston”  zalida “Ustoz Oybek merosidan”  kitob-rasmli  ko‘rgazma;
14 yanvar kuni soat 15:00 da “Tafakkur” o’qish zalida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida bibliografik obzor, “Vatanga xizmat - muqaddas burch” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma va “Vatan tuyg‘usi” nomli film namoyishi;
15 yanvar kuni soat 15:00 da kichik majlislar zalida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida uchrashuv va “Vatanga xizmat - muqaddas burch” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma va “Vatan tuyg‘usi” nomli film namoyishi;
15 yanvar kuni “Ijod” zalida O‘zbekiston xalq artisti, baletmeyster Malohat Ishoqova tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlab kitob-rasmli ko‘rgazma;

05.01.2015 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan o‘tgan foydalanuvchilar ko`rsatkichi


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 96639 ta foydalanuvchi o‘tgan
2014 yilning dekabr oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 1355 shundan chet el fuqorosi 9 ta
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba-  512
O‘quvchi-441 
Abituriyent-140   
Magistr-55  

05.01.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2014 yil dekabr oyi uchun asosiy ko‘rsatkichlari


Ro‘yhatdan o‘tgan foydalanuvchilar  - 1 355 (jami - 96 639);                
Qatnovlar -  61 988;
Kitob berilishi  - 422 651;
Ekskursiyalar (tashkilotlar)  -  35, qatnashganlar soni  -  1007;
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar  - 255, avtoreferatlar  - 271,       
jurnallar  - 702,  gazetalar  - 3667.  Jami - 4895;

29.12.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Eng faol foydalanuvchi – 2014” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi


2014 yil 29 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foyesida an’anaga ko‘ra xar yili o‘tkaziladigan turli nominatsiyalar bo‘yicha “Eng faol foydalanuvchi – 2014” tanlov yakunlari taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 20 martdagi “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi - axborot resurs markazi faoliyatini tashkillashtirish choralari to‘g‘risida”gi PO‘-1729-sonli qarori talablarini ijrosini ta’minlash borasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 2014 yil davomida quyidagi natijalarga erishdi:
Bugungi kunda kutubxona fondning umumiy soni – 6,9mln dan ziyod nusxani tashkil etadi. Milliy kutubxona foydalanuvchilari soni-96,6 ming nafardan ziyodni tashkil etdi, shundan, 27,7ming nafar foydalanuvchi 2014 yilda ro‘yxatdan o‘tkazildi. O‘tgan davr mobaynida foydalanuvchilarning tashrifi-540,0 ming kishini, kitob berishlar soni esa 4,8 mln.nusxani tashkil qildi. Hisobot davrida Milliy kutubxonada 240 dan ortiq ma’naviy-marifiy tadbirlar o‘tkazildi.

29.12.2014 Hurmatli foydalanuvchilar!

 2014 yil 31 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tozalik va profilaktika kuni munosabati bilan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2014 yil 26 dekabrdagi qaroriga asosan 2015 yil 1, 2 – yanvar kunlari dam olish kuni hisoblanadi.


Oldin   57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar