Milliy kutubxonaning yangi loyihalari bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘td -
Bo`limga qaytish
30.10.2013
Joriy yilning 29 oktyabr kuni Milliy kutubxonada Milliy-axborot kutubxona haftaligi doirasida yangi loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda quyidagi dasturlar bo‘yicha taqdimotlar bo‘ldi: interaktiv ISBN va ISSN onlayn xizmati, interaktiv KBK onlayn xizmati, qo‘lyozma va nodir nashrlar ma'lumotlar bazasi, imidj katalog ma'lumotlar bazasini shakllantirish, ilmiy ishlar bazasi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan respublikada chop etilayotgan kitoblarga (ISBN) va davriy nashrlarga (ISSN) xalqaro standart tartib raqamlarini berilishini kompyuter tarmog‘i orqali interaktiv shaklda tashkil etish, ushbu sohada nashriyotlar va tahririyatlarga xizmat ko'rsatish samaradorligini oshirish maqsadida O'zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan respublikada chop etilayotgan kitoblarga ISBN va davriy nashrlarga ISSN xalqaro standart tartib raqamlarining berilishini elektron ko‘rinishida tashkil etilgani va elektron dastur yaratilganligi haqida ma'lumotlar berildi.
.jpg)
Hozirgi axborot texnologiyalari asrida axborot va unga bo‘lgan talab, uni olish usullari kundan kunga rivojlanib taraqqiy etib bormoqda. Bu kutubxonalar zimmasiga yanada katta mas'uliyat yuklaydi. Shuni inobatga olgan holda dunyoning yirik kutubxonalari o‘z fondida saqlanayotgan axborotlarni foydalanuvchilarga qulay va tezkor yetkazib berish maqsadida turli elektron ma'lumot bazalarni yaratmoqdalar. Bunga misol tariqasida “RDK dissertatsiya va avtoreferatlari bazasi”ni olishimiz mumkin. Ushbu baza qulayligi, ya'ni vaqt va masofani yengib o‘tishi bilan qisqa vaqt ichida foydalanuvchilar orasida mashhurlikka erishdi. Bu tajribadan xulosa qilgan holda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi MDH davlatlari orasida yetakchilardan bo‘lib ilmiy ishlar bazasini yaratishga kirishdi. Bugungi kunda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida 13 300 dan ortiq dissertatsiyalar, 558 mingdan ortiq avtoreferatlar saqlanmoqda. Bu yangi baza ana shu ilm-ma'rifat durdonalarini foydalanuvchilarga qulay tarzda internet orqali taqdim etishni ko‘zda tutadi.
