Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada xalq rassomi Alisher Mirzayev bilan ijodiy urashuv bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


29.10.2013
Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida qiziqarli uchrashuvlar kunida akademik, xalq rassomi Alisher Mirzayev bilan ham ijodiy urashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirni o‘tkazishdan maqsad, yoshlarni san'at dunyosiga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish va yurtimizning taniqli rassomlari hamda tasviriy san'atning turli yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishtirish.Tadbirda rangtasvir va grafika ustasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, rassomlar Isfandiyor, A.Kalonov, X.Xidoyatovlar, san'atshunoslar, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari ishtirok etdilar. Ular o‘z so‘zida Alisher Mirzayevning ijodiy faoliyati, uning zamonaviy milliy rangtasvirning rivojiga qo'shgan hissasi haqida alohida gapirib o‘tdilar. Uchrashuv jarayonida talaba yoshlarga ustoz ijodkor Alisher Mirzayev ijodi orqali zamonaviy rangtasvir muammolari va istiqbollari borasida tushunchalar berildi. Tadbirda ishtirok etganlar o'zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar. Shu bilan birga kutubxona foyesida uning mo'yqalamiga mansub rasmlar ko‘rgazmasi bo‘lib o'tdi.


 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar