Milliy axborot kutubxona haftaligi doirasida Yozuvchi Erkin Xushvaqtov bilan ijodiy uchrashuv -
Bo`limga qaytish
29.10.2013
29 oktabr kuni Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida taniqli ijodkor Erkin Xushvaqtov va O‘zbekiston Milliy Akademik drama teatri aktyorlari Rixsi Ibragimova, Malika Ibrohimova bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. El sevgan adib, dramaturg Erkin Xushvaqtov bilan ijodiy uchrashuvni tashkil qilishdan maqsad ijodkorning asarlari bilan kitobxonlarni yaqindan tanishtirish. Chunki bu asarlar barcha yoshdagi tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, aksariyati sahna yuzini ko‘rdi. Tadbirda taniqli yozuvchi va shoirlar, teatr aktyorlari ishtirok etdilar. Erkin Xushvaqtov “O‘zbekiston san'at arbobi” faxriy unvoni nomzodi, O‘zbek Milliy Akademik drama teatri dramaturgidir. Uchrashuv davomida yig‘ilganlar Erkin Xushvaqtovning ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishib oldilar. U o‘zbek davlat drama teatrida «Eski muxabbat», Respublika yosh tomoshabinlar teatrida «Cho'pqo'g'irchoq», «Xalollik tilab keldim» sahnalashtirilgan pyesalari bilan unutilgan go‘zal urf-odatlarimizni, qadriyatlarimizni tiklashda munosib hissasini qo‘shgan. Erkin Xushvaqtov pyesalar, senariylar yozish bilan birgalikda teatrda, kinolarda rollar ijro etib o'z imkoniyatlarini ko‘rsatgan, «Chimildiq», «Qalliq o‘yin», «Qirmizi olma», «Andishali kelinchak» kabi spektaklar muallifidir. U o‘zbek teatri, kino va televideniye san'atlari rivojidagi xizmatlari uchun 2002-yil Davlatimiz tomonidan «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan. Uchrashuv davomida aktyorlar tomonidan spektakllardan parchalar ijro etildi.
.jpg)