Milliy axborot kutubxona haftaligi “Qiziqarli uchrashuvlar kuni” bilan davom etmoqda -
Bo`limga qaytish
29.10.2013
Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida taniqli ijodkor Erkin Xushvaqtov va O‘zbekiston Milliy Akademik drama teatri aktyorlari bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Erkin Xushvaqtov “O‘zbekiston san'at arbobi” faxriy unvoni nomzodi, O‘zbek Milliy Akademik drama teatri dramaturgidir. Uchrashuv davomida yig‘ilganlar Erkin Xushvaqtovning jodiy faoliyati bilan yaqindan tanishib oldilar. U o‘zbek davlat drama teatrida «Eski muxabbat»,Respublika yosh tomoshabinlar teatrida «CHo‘pko‘g‘irchoq», ”Xalollik tilab keldim” saxnalashtirilgan pe'salari bilan unutilgan go‘zal urf-odatlarimizni , qadriyatlarimizni tiklaщda munosib xissasini ko‘shgan, pe'salar, ssenariylar yozish bilan birgalikda teatrda, kinolarda rollar ijro etib o‘z imkoniyatlarini ko‘rsatdi, “Chimildiq” “Qalliq o‘yin”, “Qirmizi olma”, «Andishali kelinchak» kabi spektaklar muallifi. U o‘zbek teatri, kino va televideniye san'atlari rivojidagi xizmatlari uchun 2002-yil Davlatimiz tomonidan «Mexnat shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.

Shuningdek qiziqarli uchrashuvlar kunida akademik, Halq rassomi Alisher Mirzayev bilan ham ijodiy urashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirni o‘tkazishdan maqsad, yoshlarni san'at dunyosiga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish va yurtimizning taniqli rassomlari hamda tasviriy san'atning turli yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishtirish.Tadbirda rangtasvir va grafika ustasi, O‘zkiston Badiiy akademiyasi akademigi, rassomlardan Isfandiyor, A.Kalonov, X.Xidoyatovlar, san'atshunoslar, K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari ishtirok etib, ular o‘z so‘zida Alisher Mirzayevning ijodiy faoliyati, uning zamonaviy milliy rangtasvirning rivojiga qo‘shgan hissasi haqida alohida gapirib o‘tdilar. Uchrashuv jarayonida talaba yoshlarga ustoz ijodkor Alisher Mirzayev ijodi orqali zamonaviy rangtasvir muammolari va istiqbollari borasida tushunchalar berildi, tadbirda ishtirok etayotganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi. Shu bilan birga kutubxona foyesida uning mo‘yqalamiga mansub rasmlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Yana bir qiziqarli uchrashuvlardan biri estrada xonandasi Alisher Fayz bilan bo‘lib o‘tdi. Unda muxlislar ijodkorning ijodiy hayoti, faoliyati, san'atda erishgan yutuqlari haqida ma'lumotlarga ega bo‘lish bilan birga estradaning yorqin yulduzi Alisher Fayzdan jonli ijroda qo‘shiq tinglashga muyassar bo‘ldilar.
“Zvezda vostoka” va “Sharq yulduzi” jurnallari yozuvchi va shoirlari bilan ham ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda «Zvezda Vostoka» va «Sharq yulduzi» jurnallarining 1946 yilda chop etilgan ba'zi sonlari va oxirgi yillarda foydalanuvchilar tomonidan qiziqib mutolaa qilinayotgan nashrlaridan tashkil topgan ko‘rgazma ham tashkil qilinadi.
O‘rta Osiyodagi qadimgi jurnallardan biri sanalmish ushbu jurnal 1932 yil sentyabr oyidan chop etila boshlagan. 1946 yilning may oyidan «Zvezda Vostoka» nomi bilan chop etilgan. Keyinchalik, jurnal ikki tilda «Sharq yulduzi» va «Zvezda Vostoka» nomi bilan chop etila boshladi.
Tadbirda shoirlardan: R.Farxadi, V.Osachenko, X. Ahmad, B. Axmedov, D. Rajab, L.Yusupova, A. Sher, A.Gvardin, A. Slonim, E. Shukur, F. Yunusov, Chorshanmlar ishtirok etdilar.