Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
14.01.2015 Barcha nemis tilida so‘zlashuvchi, mutolaa qiluvchi kitobxonlar diqqatiga!


2015 yil 19 yanvar kuni  soat 11:00da O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kichik majlislar zalida G‘ofur G‘ulomning «Shum bola», O‘tkir Xoshimovning «Dunyoning  ishlari» romanlarini, Abdulla Qahhorning ko‘plab hikoyalarini o‘zbek tilidan nemis tiliga mahorat bilan tarjima qilgan tarjimon Oybek Ostonov bilan ijodiy uchrashuv va yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

13.01.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tavalludining 110 yilligi munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi


2015 yil 13 yanvar kuni Milliy kutubxonaning kichik majlislar zalida  shoir, yozuvchi va tarjimon Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tavalludining 110 yilligi  munosabati bilan  davra-suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik, f.f.d. san'atshunos olim, prof.Naim Karimov, shoira Umida Abduazimova, f.f.n. adabiyotshunos olim Zuhriddin Isomiddinov, yozuvchi va telejurnalist va yozuvchi Salomat Vafo, shoir Yo‘ldosh Eshbek, OAV vakillari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar. 
Tadbirni Milliy kutubxona bosh muharriri, shoir Shukur Qurbon olib bordi.

13.01.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Vatanga xizmat - muqaddas burch” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi


2015 yil 13 yanvar O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Tafakkur” o‘qish zalida ochilgan “Vatanga xizmat - muqaddas burch” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma O‘zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilgan kunning 23 yilligiga bag‘ishlanadi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Vatanimizda, qolaversa dunyoda tinchlikka havf solayotgan tahdidlardan voqif etuvchi, ogohlikka da'vat etuvchi asarlari, Armiyamizni, ozodlik va mardlikni tarannum etuvchi adabiy to‘plamlar, osuda zamonimizda Vatanimiz sarhadlarini sidqidildan himoya qilayotganlar haqida gazeta va jurnallardan maqolalar va ocherklar o‘rin olgan.

13.01.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ustoz Oybek merosidan” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi


2015 yil 13 yanvar  kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “O‘zbekiston” zalida “Ustoz Oybek merosidan” deb nomlangan kitob-rasmli  ko‘rgazma ochildi. Qo‘rgazma Oybek tahallusi bilan ijod qilgan o‘zbek shoiri, yozuvchi, tarjimon va davlat arbobi Muso Toshmuhammadning 110 yillik tavalludiga bag‘ishlangan.
Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905 yilda Toshkent shahrida, bo‘zchi oilasida tug‘ildi. Oldin o‘rta maktabda, 1922-1925 yillarda esa Toshkent ta'lim va tarbiya texnikumida, so‘ngra O‘rta Osiyo Davlat universitetining iqtisodiyot fakultetida tahsil oldi. Uning birinchi “Cholg‘u tovushlari” deb nomlangan she'ri 1922 yilda “Armug‘on” to‘plamida chop etildi. 1926 yilda esa uning “Tuyg‘ular” deb nomlangan kitobi chiqdi.   

12.01.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “O‘zbekiston musulmonlari idorasi” kitobi bilan to‘ldirildi


“Movarounnahr” nashriyoti tomonidan 254 bet hajmda chop etilgan “O‘zbekiston musulmonlari idorasi” ma'lumot-kitobi O‘zbekiston musulmonlar idorasining 70 yilligiga bag‘ishlab chop etildi.
Kitobda  O‘zbekiston musulmonlar idorasining tashkil etilishi, rivojlanish tarixi, uning tizimidagi muassasalar faoliyati va ularning mustaqillik davrida erishgan yutuqlari haqida atroflicha ma'lumot beriladi. Shuningdek kitobda muhim voqyealar yilnomasi, mustaqillik davriga qadar va Istiqlol yillarida O‘zbekistonda tahsil olgan xorijlik ulamolar, davlat va jamoat arboblari, idora mehmonlari bo‘lgan xorijlik din va davlat arboblari, atoqli ulamolar ro‘yhati berilgan.

08.01.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Mustaqillik yillarida O‘zbekiston paxta sanoati” deb nomlangan kitob bilan to‘ldirildi


O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Mustaqillik yillarida O‘zbekiston paxta sanoati” deb nomlangan kitob bilan to‘ldirildi, mazkur kitob G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan  288 bet hajmida chop etildi.
Kitobda mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i bo‘lmish paxtachilikdagi islohotlar, tub tarkibiy o‘zgarishlar va ijobiy ko‘rsatkichlar haqida hikoya qilinadi. Tarmoqda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar, qo‘lga kiritilayotgan ulkan natijalar o‘z navbatida mamlakatimiz paxta sanoati rivojini zamonaviy tashkil etish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda paxta tozalash sanoati iqtisodiyotimizning jadal rivojlanib kelayotgan sohasi bo‘lib kelmoqda.


Oldin   56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar