Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“INFOLIB UZBEKISTAN - 2013” Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Axborot-kutubxona faoliyatining me'yoriy-huquqiy asoslari: amaldagi qonunchilik va uni takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida video-konferensiya bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


29.10.2013
28 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalar masalalari qo‘mitasi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda “Axborot-kutubxona faoliyatining me'yoriy-huquqiy asoslari: amaldagi qonunchilik va uni takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida video-konferensiya o‘tkazildi. Ushbu o‘tkazilgan tadbirning  asosiy maqsadi axborot-kutubxona faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish va sohani rivojlantirish tamoyillarini takomillashtirish, shuningdek, axborot-kutubxona faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish masalalarini muhokama qilishdan iboratdir. Konferensiya ishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Intelektual mulk Agentligi va boshqa vazirlik va idoralar mas'ul xodimlari, axborot-kutubxona muassasalarining mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Anjumanda so‘zga chiqqanlar zamonaviy axborot-kutubxona va kompyuter texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha me'yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, axborot-kutubxona sohasidagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etish masalalariga alohida e'tibor qaratdilar.
O‘tkazilgan anjuman axborot-kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator takliflar ishlab chiqishga imkon berdi, xususan axborot-kutubxona resurslaridan masofadan turib foydalanishni, shuningdek yetakchi xorijiy axborot-kutubxona fondlarining ma'lumotlar bazasiga ulanishni o‘z ichiga olgan holda foydalanuvchilarga taqdim etiladigan elektron xizmat ko‘rsatish shakllarini va ilg‘or dasturiy maxsulotlarni tizimli ravishda, ayniqsa qishloq joylarda, joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar