Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkazilgan Milliy axborot kutubxona haftaligi “INFOLIB-2014” tadbiri doirasida “Buyurtma - 2015” aksiyasi onlayn tarzda veb-saytga joylashtirilib o‘tkazildi va hozirda davom etmoqda. Ushbu aksiyani o‘tkazishdan asosiy maqsad, Milliy kutubxona fondini foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan, ularning qiziqishlari va talablari asosida ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ommabop, ilmiy-texnik va badiiy adabiyotlar, davriy nashrlar hamda elektron resurslar bilan to‘ldirib borish. Siz tomondan tanlangan va buyurtma berilgan resurslar 2015 yilda Milliy kutubxona fondidan joy oladi.