O‘zbekiston xalq rassomi Alisher Mirzayev bilan ijodiy uchrashuv -
Bo`limga qaytish
25.10.2013
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxona binosi, 5-qavat majlislar zalida 2013 yil 29 oktyabr kuni soat 1500 da O‘zbekiston Xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Akademigi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Alisher Mirzayev bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida siz o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javoblar olishingiz mumkin. Shu bilan birgalikda, kutubxonaning 1-qavat foyesida rassom qalamiga mansub rasmlar ko‘rgazmasi ham tashkil qilinadi.
Barcha qiziquvchilarni uchrashuvga chorlab qolamiz!