O‘zbekiston san'at arbobi Erkin Hushvaqtov va O‘zbekiston Milliy Akademik drama teatri aktyorlari bilan uchrashuv -
Bo`limga qaytish
25.10.2013
Milliy kutubxona binosi, 5-qavat majlislar zalida 2013 yil 29 oktyabr kuni soat 1400 da taniqli ijodkor Erkin Hushvaqtov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Hushvaqtov Erkin Boltayevich “O‘zbekiston san'at arbobi” faxriy unvoni nomzodi, O‘zbek Milliy Akademik drama teatri dramaturgi.
U o‘zbek teatri, kino va televideniye san'atlari rivojidagi xizmatlari uchun 2002 yil Davlatimiz tomonidan «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan. “Chimildiq” “Qalliq o‘yin”, “Qirmizi olma”, «Andishali kelinchak» kabi spektaklar muallifi.
Tadbirda ijodkor bilan jonli muloqot bo‘lib o‘tadi, qiziqarli savol-javoblar, yozuvchining ijodiy faoliyati haqida ma'lumotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. O‘zbekiston Milliy Akademik drama teatri aktyorlari ham ishtirok etadilar.
Hammangizni tadbirga taklif etamiz!