Foydali resurslar
2015 yil 20 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining majlislar zalida O‘zbekiston xalq artisti, bastakor va dirijyor va Reyngold Maritsevich Glier tavalludining 140 yilligi munosabati bilan adabiy-musiqiy kecha va “Ijod” o‘quv zalida kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda R.M.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa Akademik litseyi, Shayxontohur tuman O‘quv-davolash kolledji o‘qituvchi va o‘quvchilari va shu tuman “Yangi shahar” mahallasi fuqarolari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi axborot-kutubxona xodimlarining kasb malakasini oshirishda talay ishlarni amalga oshirmoqda. Shu sababli 2015 yil 19 yanvar kuni Milliy kutubxona o‘quv markazida axborot-kutubxona xodimlarining bilim darajasini va kasb malakasini oshirishga yo‘naltirilgan 5 kunlik seminar mashg‘ulotlar o‘z ishini boshladi.
Seminarning asosiy maqsadi – qonunchilik va me’yoriy baza, axborot-kutubxona faoliyatiga doir Davlat standartlari, axborot-kutubxona muassasasida uslubiy ishlarni amalga oshirish, me’yoriy hujjatlarni tuzish uslubi, axborot-kutubxona muassasasida foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishning tashkiliy tuzilmasi, o‘qish zallarida abonement yordamida foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish
2015 yil 19 yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kichik majlislar zalida umidli tarjimon Oybek Ostonov bilan ijodiy uchrashuv va uning nemis tiliga tarjima qilgan kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tarjimashunoslik sohasi vakillari: f.f.d prof. Shavkat Karimov, f.f.d. prof. Xurram Raximov, f.f.n. tarjimashunos olimlar Shuhrat Imyaminova, Roviyajon Abdullayeva, Odiljon Safarov, erkin tarjimonlar, O‘zDJTU va O‘zMU professor-o‘qituvchilari va talabalari, OAV vakillari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
2015 yil 17 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Tafakkur” o‘quv zalida so‘z san’ati ustasi, mashhur dramaturg, kasbi shifokor, ammo iste’dodi va qiziqishi bo‘yicha yozuvchi bo‘lgan, asarlari dunyoning 100dan ortiq tillariga tarjima qilingan, pesalari esa 100 yillardan buyon dunyo sahnalaridan tushmagan Anton Pavlovich Chexovning 155 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmada yozuvchining hayoti, ijodi, uning zamondoshlari va izdoshlari xotiralari jamlangan kitoblar va uning oila va do‘stlari davrasidagi damlari muhrlangan fotosuratlar o‘rin olgan.
2015 yil 15 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ijod” o‘qish zalida o‘zbek raqqosasi, baletmeyster Malohat Ishoqova tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.
Ko‘rgazmadan san'atkorning bosib o‘tgan ijod yo‘lidan so‘zlovchi kitoblar, Malohat Ishoqova kasbdoshlari va shogirdlari hikoyalari va raqslari muhrlangan fotosuratlar o‘rin olgan. Foydalanuvchilar mazkur ko‘rgazmadan o‘zbek san'atida beqiyos raqslarni sahnalashtirgan mahoratli baletmeyster Malohat Ishoqova haqida boy ma'lumotga ega bo‘ladilar.
2015 yil 14 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Tafakkur” o‘qish zalida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida bibliografik sharh va “Vatan tuyg‘usi” nomli film namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Milliy kutubxona bosh muharriri, shoir Shukur Qurbon kutubxona xodimlari bilan O‘zbekiston Qurolli kuchlari salohiyati, tinchlik va ozodlik ne'mati haqida suhbat olib bordilar. O‘z nutqini xadisi Sharifda “Posboning ko‘zi do‘zahda ham yonmas” ekan degan so‘zlar bilan boshlab yurtimiz chegaralarining dahlsizligini ko‘z qorachig‘idek qo‘riqlayotgan askarlarimizning jasoratlari, tinchlikni ta'minlashda o‘z hissasini qo‘shayotgan harbiylar matonati va kuni kecha ularga yo‘llangan O‘zbekiston Przidenti Islom Karimovning tabrigi hususida alohida to‘xtilib o‘tdi.