Bugungi kunda Milliy kutubxona fondi 6,9 million nusxani tashkil etmoqda. Shulardan 16 mingtasi qo’lyozma, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar (1058 yilda yozilgan qadimiy qo’lyozma asar - Movardiy shular jumlasidandir), 3,8 mlndan ortiq kitoblar, 1,5 mlndan ortiq davriy nashrlar, 58 mingga yaqin musiqa va nota nashrlari, 525 mingdan ortiq ilmiy-texnik hujjatlar va 547 mingga yaqin mikroformalar, 75 tildagi 552 mingdan ziyod xorijiy nashrlar, 558 mingdan ortiq avtoreferatlar, 14 mingdan ziyod dissertatsiyalar, kinomarkazda namoyish etiladigan 230 dan ortiq videomateriallar (badiiy, hujjatli, animatsion filmlar), 200 dan ortiq audiokitoblar, 148 ta Brayl yozuvidagi kitoblar, elektron ma’lumotlar bazasidagi 220 mingdan ortiq kitoblar, 220 ta kompyuterlar, 20 ta netbuklar, 10 ta infokiosklar, internet va WI-FI dan foydalanish imkoniyatlari, shuningdek chet el elektron ma'lumotlar bazasiga kirish imkoniyatlari mavjud.
1 oktabr holatiga ko’ra kutubxonaga 62,02 mingdan ortiq kitobxon a’zo bo’ldi, bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 2 barobarga oshgan (2012 yilda 29 901 ta foydalanuvchi ro’yxatdan o’tgan edi). Kutubxona ochilganidan buyon tashrif buyuruvchilar soni 809,4 mingdan ziyodni tashkil etdi, bu esa o’tgan yilgi holatga nisbatan 1,4 barobarga oshganligini ko’rsatadi (2012 yilda tashrif buyurish 333 534 ta, 2013 yilning 9 oyi davomida 475 894 tadan ortdi). Foydalanuvchilarning bir kunlik tashrif buyurishi o’rtacha 1900 tani tashkil etadi, jami kitob berish (ochiq resurslarni hisobga olmaganda) 4 470 040 ta nusxani tashkil etadi, bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 2,2 barobar oshganligini ko’rsatadi (2012 yilda 1 378 843 nusxa, 2013 yilning 9 oyi davomida 3 091 197 nusxa).
Shuningdek matbuot anjumanida joriy yilning 28 oktabr - 1 noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “INFOLIB UZBEKISTAN - 2013” ikkinchi Milliy axborot-kutubxona haftaligiga tayyorgarlik ishlari bo’yicha ma’lumotlar berildi.