Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
«INFOLIB UZBEKISTAN-2013» Milliy axborot-kutubxona haftalik doirasida O`zbekiston xalq artisti Munojat Yo`lchiyeva bilan ijodiy uchrashuv o`tkaziladi - Bo`limga qaytish


22.10.2013
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 28 oktabr kuni Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekiston xalq artisti, o‘zbek mumtoz san'atining malikasi, eng yuqori notali ovoz sohibasi Munojat Yo‘lchiyeva bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Milliy kutubxonaning anjumanlar zalida soat 14:00 da o‘tkaziladi. Marxamat, barcha xohlovchilar ushbu tadbirda ishtirok etishlari mumkin.
Munojat Yo‘lchiyeva - o‘zbek mumtoz ashulalarining mohir ijrochisi. Xonanda xorijiy mamlakatlarga konsert safarlariga chiqish imkoniyatiga erishib, o‘z san'atlari bilan dunyo tomoshabinlari olqishiga sazovor bo‘lmoqda. O‘zbek mumtoz musiqasi, ashula san'atining noyob durdonalarini dunyo xalqlari o‘rtasida keng targ‘ib etib, qadimiy san'atimiz va ma'naviyatimizni ko‘z - ko‘z qilmoqdalar. Asosan maqom ashulalarini ijro etish yo‘lidan borayotgan xonanda o‘zining dilbar ashulalari bilan tezda keng jamoatchilik diqqatini o‘ziga tortdi. Munojat Yo‘lchiyeva repertuaridan o‘zbek mumtoz san'atining qator durdona ashulalari xususan Shoshmaqom janri mustahkam o‘rin olgan.
Shoshmaqom - o‘z ichiga olti maqomni («Buzruk», «Rost», «Navo», «Segoh»,  va «Iroq») qamrab olgan  maxsus musiqa san'ati. 20-40 cholg‘u asboblari va vokal qismlardan iborat syuitani o‘zida ifodalaydigan har bir maqom nafaqat maqom balki intonatsion, ritmik va ta'sirli (jo‘shqin) xarakterga egadir. Shoshmaqom asosida nafaqat musiqiy va estetik balki, falsafiy hamda etik jihatlarni o‘ziga qamragan yaxlit badiiy qarashlar konsepsiyasi yotadi. Cholg‘uchilar ansambli, solistlar va xor ba'zan esa raqslar bilan ijro etiladi.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar