Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
HURMATLI DO‘STLAR! - Bo`limga qaytish


22.10.2013
Sizlarni “INFOLIB-2013” II Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida  o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etishga  va Milliy kutubxona tomonidan beriladigan  esdalik sovg‘alarining sohiblari bo‘lishga taklif etamiz.
Tanlovlar 2013 yilning 31 oktyabriga qadar o‘tkaziladi
Tanlovda barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin

Tanlovlar mavzusi: “Kutubxona haqida eng yaxshi insho” va “Kutubxona haqida eng yaxshi she'r” 
Tanlovning o‘tkazilish vaqti: 2013 yilning 21 oktyabridan to 31 oktyabrigacha.
Kutubxona haqidagi eng yaxshi insho va eng yaxshi she'rlar: mutolaaga bo‘lgan ijobiy munosabat, axborot-kutubxona muassasalarining foydasi, mutolaa yordamida erishilgan muvaffaqiyatlar haqidagi g‘oyalarni o‘z ichida qamrab olgan bo‘lishi kerak.

She'r va insho quyidagi talablar asosida tanlab olinadi:
- Adabiy til me'yorlariga muvofiqligi;
- Matnning imlosi;
- O‘ziga xos badiiy saviyasi;
- Muallifning  o‘ziga xos, ravshan idrok tafakkuri.
Ijod namunalari o‘zbek va rus tillarida qabul qilinadi.

Tanlovda qatnashish uchun  5-7 hajmdan ortiq bo‘lmagan to‘rtliklar (she'r),  yoki 2-3 varaqda terilgan A 4 formatda matn (Times New Roman shrifti,  14 shrift o‘lchami, 1,5 oraliqda).
Har bir ishtirokchidan bittadan insho va she'r tanlovga qabul qilinadi.
Eng yaxshi insho va eng yaxshi she'r tanlovida qatnashish talabnomasi 2013 yilning 21 oktyabridan 31 oktyabriga qadar v.s.polyakova@yandex.ru elektron manzili yoki matnning chop qilingan ko‘rinishi Dono Isayevaga topshirish +998909859443  orqali qabul qilinadi.
Ma'lumot uchun telefon: 239-44-40
Talabnomaga quyidagi materiallar ilova qilinadi:
- Matnning chop qilingan ko‘rinishi;
- Asar muallifining familiyasi, ismi, sharifi , yoshi, aloqa telefon raqamini ko‘rsatish.
Ijod namunalari 2013 yilning 30 oktyabrigacha qabul qilinadi

“Adabiyot bilimdoni” tanlovi
TANLOV MAQSADI: mumtoz va hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti hamda jahon adabiyotining eng yaxshi bilimdonini aniqlash.
Badiiy asarlar bo‘yicha eng yaxshi bilimdonlar bellashuvi  viktorina tarzida adabiyotning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi:
“O‘zbek klassik adabiyot bilimdoni”
“Hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti bilimdoni”
“Jahon klassik adabiyoti bilimdoni”
“Hozirgi zamon jahon adabiyoti bilimdoni”
 
O‘tkazish vaqti va yakuniy natijalar: 31 oktyabr soat 14:30-17:00
O‘tkazish joyi: 3-qavat, “Tafakkur” o‘quv zali.
Tanlov g‘oliblari MP-3 pleyer, fleshka va kitoblar bilan taqdirlanadi

 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar