Foydali resurslar
2015 yil 26 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kichik majlislar zalida shoir Sulton Jo‘ra tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan bibliografik sharh bo‘lib o‘tdi.
Shayhontohur tumani O‘DK o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun shoir Sulton Jo‘ra ijodiga mansub bibliografik sharhni Milliy kutubxona bosh muharriri, shoir Shukur Qurbon, adabiyotshunos olim, f.f.n. Zuhriddin Isomiddinov va shoir Yo‘ldosh Eshbek olib bordilar.
19–23 yanvargacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 567 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 295 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 158 ta; tibbiyot – 2 ta; texnika – 51 ta; san’at – 2 ta; tabiiy fanlar – 55 ta; ma’lumot adabiyotlar- 12 ta; q.x. - 15 ta), 272 ta avtoreferatlar (siyosat - 78 ta; tibbiyot - 42 ta; texnika - 48 ta; tabiiy fanlar –39 ta; ta’lim va madaniyat - 15 ta; q.x. - 12 ta; adabiyotshunoslik – 1 ta; tilshunoslik - 10 ta, sport – 10 ta, san’at – 13, ijtimoiy adabiyotlar – 4 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
2015 yil 23 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi anjumanlar zalida O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova bilan ijodiy uchrashuv va “To‘ti Yusupova” nomli hujjatli film namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova, Mirg‘iyos Soatov, rejissyor Oybek Aliev, Respublika estrada-sirk kolleji, Mirobod yengil sanoat va servis kasb-hunar, Uchtepa tuman milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji o‘quvchilari ishtirok etdilar.
2015 yil 23 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida axborot-kutubxona xodimlarining kasb malakasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv kurslari o‘z nihoyasiga etdi. Nazariy va amaliy darslar kutubxonaning yuqori malakali mutaxassislari tomonidan o‘tkazildi.
O‘quv kurslari davomida kutubxonaning har bir xizmati faoliyatini yoritib beruvchi taqdimotlar bilan boyitilgan ma’ruzalar amaliyotda shu bo‘limga tashrif va uning ishi bilan bevosita tanishish bilan mustahkamlandi. Tinglovchilar ro‘yxatga olish, buyurtma berish, turli formatdagi kitoblarni izlash, kitoblar, hujjatlar va gramplastinkalarni raqamlashtirish jarayonlarini kuzatdilar, bibliografik ro‘yxat tuzish, Adobe Reader, ABBYY Fine Reader, Scan Tailor dasturidagi elektron adabiyotga ishlov berishda ishtirok etdilar.
2015 yil 22 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “O‘zbekiston” o‘quv zalida XX asr o‘zbek adabiyoti, matbuoti, madaniyatining atoqli namoyandasi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 140 yilligi munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmada buyuk ma’rifatparvar adib, alloma va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy hayotidan, uning ilm-ma’rifat yo‘lidagi jonbozliklaridan guvohlik beruvchi dalillar, xotiralar va uning qalamiga mansub asarlar o‘rin olgan.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qoshida faoliyat yurituvchi YS chet tillarni rivojlantirish va targ‘ib etish markazi hayriya aksiyasini boshlaganini ma’lum qiladi. Aksiya doirasida 2015 yil 31 yanvar kuni Toshkent viloyati Mehribonlik uylaridan biriga tashrif rejalashtirilmoqda. Shu munosabat bilan, barchangiz foyeda o‘rnatilgan qutilarda kitob, o‘yinchoq va bshq. qoldirib o‘z ulushingizni qo‘shishingiz mumkin!