Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda - Bo`limga qaytish


18.10.2013
14 - 18 oktyabrgacha   Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 462 ta yangi nomdagi kitob qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 97 nusxa; tibbiyot - 34 nusxa; ta'lim va madaniyat - 122 nusxa, badiiy adabiyotlar - 26 nusxa; qishloq xo‘jaligi - 4 nusxa; texnika - 29 nusxa; dinshunoslik - 5 nusxa; san'at - 2 nusxa; tabiiy fanlar - 36 nusxa; sport - 11 nusxa; ma'lumot adab. - 1 nusxa; adabiyotshunoslik - 57 nusxa; psixologiya - 3 nusxa; tilshunoslik - 35 nusxa). Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.

Kelib tushgan bosma nashrlarning  4786 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi. 

7154 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi. 

Shu kungacha Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarning 2253 tasiga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) indeksi va  bibliografik tavsifi berildi. 

Jami: hozirgi kunda  AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni  416650 taga yetdi.

Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 14 - 18 oktyabr holatiga ko‘ra 49 nusxa gazeta; 16 nusxa jurnal; jami 399 bibliografik yozuv kiritildi; 196 bibliografik yozuv tahrir qilindi.

O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda 80 ta ISBN raqami (78 kattalar adabiyoti va 2 bolalar adabiyoti uchun)  berildi. 29 ta kattalar adabiyoti  va 11 ta bolalar adabiyoti uchun 9  ta  hisob-kitob shartnomasi tuzildi.  

Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 3 ta davriy nashrga raqam berildi, 2 ta davriy nashrga hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar