Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“Men kitobni sevaman” nomli foto tanlov - Bo`limga qaytish


10.10.2013
O'zbekiston Milliy kutubxonasi 28 oktabrdan 1 noyabrgacha "Milliy axborot-kutubxona haftaligi" doirasida "Men kitobni sevaman" nomli foto tanlov o'tkazilishini ma'lum qiladi. 
Tanlovda qatnashuvchilar 29 oktabrga qadar fotosuratlar ro’yxatini hamda o'zlari haqidagi ma'lumotnomani taqdim etishlari yoki navoi@natlib.uz elektron manziliga yuborishlari so'raladi.
 
Fotosuratlarga qo'yilgan talablar quyidagilardan iborat:
 
- tanlovga qo'yiladigan fotosuratlar ishtirokchining o'ziga tegishli yoki o’zi suratga olingan bo'lishi kerak;
- tanlovga fotoplyonkalar, fotobanklardan olingan yoki pornografik elementlarga ega bo'lgan fotosuratlar qabul qilinmaydi; 
- fotosuratlar ramkasiz, yozuvlarsiz, belgilarsiz bo'lishi kerak; 
- suratlarga imzo qo'yish mumkin;
- tanlovga professional hamda havaskorlar tomonidan olingan fotosuratlar qabul qilinadi.
Fotosutratlarning hajmiga qo'yilgan talablar:
- suratlar .jpg formatida uzunasiga 800 px dan kam bo'lmasligi kerak. 
Fotosuratlarni grafik tahrirlash mumkin. 
Tanlovda ishtirokchining 5 dan ortiq fotosuratlari qabul qilinmaydi.

Tanlov g‘oliblari 2013 yilning 29 oktyabr kuni e'lon qilinadi.
 
Murojaat uchun 232-83-94 Isayeva Dono
 

 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar