Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada Mirzakalon Ismoiliy tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan «Ozod inson qo‘shig‘i»deb nomlangan adabiy anjuman bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


09.10.2013
Joriy yilning 9 oktyabr kuni Milliy kutubxonaning Ko‘rgazmalar zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, yozuvchi, tarjimon Mirzakalon Ismoiliy tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan «Ozod inson qo‘shig‘i»deb nomlangan adabiy anjuman, shuningdek, yozuvchi Nabi Siddiqning «Chirog‘i yoniq xonadon» kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Toxir Malik, filologiya fanlari doktori Athambek Alimbekov, psixologiya fanlari doktori Mahmud Yo‘ldoshev, Shodmon Otaboyev, filologiya fanlari nomzodi Zuxriddin Isomiddinov, Mirzakalon Ismoilovning qarindoshlari, Andijon viloyatidan Habib Siddiq va To‘lan Nizom, kabi shoir yozuvchilar qatnashdilar. Anjumanda taniqli adib, mohir tarjimon Mirzakalon Ismoiliy XX asr o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos nasr qasrini yaratganligi, xususan, uning hayot va ijodi, faoliyati to‘g‘risida suhbat bo‘lib o‘tdi. Adib adabiyotga dastlab iste'dodli hikoyanavis, jurnalist-publitsist, tarjimon sifatida kirib keldi. Mirzakalon Ismoiliy xalqimizdagi madaniyat, mehnatsevarlik, shirinsuhanlik, ko‘ngilxonlik, ishq-muhabbat, ibo-hayo, odob-ahloq va odamiylik kabi insoniy fazilatlarni ulug‘lab qalam tebratdi. U hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan yozuvchidir. Tadbirda adibning hayoti va faoliyati haqidagi ko‘pgina manbalar keltirildi.
Shuningdek, tadbir doirasida yozuvchi Nabi Siddiqning Milliy kutubxonada chop etilgan «Chirog‘i yoniq xonadon» kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda kitob yozilishi tarixi hamda kitob to‘g‘risida ma'lumotlar berildi. 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar