Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
29.01.2015 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Iqtidorli yoshlar-porloq kelajagimiz” mavzusida matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi


2015 yil 29 yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiyatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Iqtidorli yoshlar-porloq kelajagimiz” mavzusida matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot-anjumanini o‘tkazishdan maqsad-Respublikamizda paralimpiya harakatini rivojlantirish.
Matbuot-anjumanida Paraosiyyo o‘yinlari ishtirokchilari va 31 medalni qo‘lga kiritgan paralimpiya sportchilari hamda xalqimiz ardoqlagan yosh iqtidorli san’atkorlar, aktyorlar va xonandalar qatnashdilar.

29.01.2015 E’LON!


2015 yil 2 fevral “Tozalik kuni” deb e’lon qilinadi. Ushbu kun Milliy kutubxona profilaktika va sanitariya ishlari sababli foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatmaydi.

Ma’muriyat

28.01.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarning media savodxonligini va axborot texnologiyalardan foydalanish etikasini shakllantirish yuzasidan o‘quv seminar-treninglar boshlandi


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Milliy ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini va Internet tarmog‘idagi kontentni rivojlantirish” ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish, yoshlarning media savodxonligini va ko‘ngilochar saytlardagi axborotlardan to‘g‘ri foydalanish etikasini shakllantirish yuzasidan o‘quv seminarlari, davra suhbatlari va treninglar o‘tkazish bo‘yicha 2015 yilga mo‘ljallagan qator tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
2015 yil 23 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Uzinfocom markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda “Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish bilan bog‘liq dolzarb muammolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi tarmoqda o‘zini qanday tutishi lozim” mavzusida kutubxona foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan seminar mashg‘ulotini o‘tkazdi.

28.01.2015 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ilyas Mallayev xotira kechasi


2015 yil 28 yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida sozanda, bastakor, qo‘shiqchi va dramaturg O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ilyos Malayev tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.
Kechaga Ilyos Malayev bilan ijodiy hamkorlikda ishlaganlar, bu sulolani yaqindan taniganlar, uni ustoz deb bilganlar taklif etildilar. Tadbirda Respublika Baynalminal madaniyat markazi direktori Nasriddin Muxammadiyev, rejissyor Hilol Nasimov, O‘zbekiston halq xofizi Xasan Rajabiy, shoir Shukur Qurbon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Sultonposhsho Udayeva va Gulbahor Erqulova va boshqalar ishtirok etdilar. Tadbirni taniqli jurnalist Boris Babayev olib bordi.

28.01.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Traditional Songs of the Bukharan Jews” kitobi bilan to‘ldirildi


“Traditional Songs of the Bukharan Jews” kitobi 2014 yilda Bar-Ilan universiteti qoshidagi Dagan Markazi nashriyoti tomonidan 220 bet hajmda chop etilgan. Kitob muallifi - Bar-Ilan universiteti musiqa professori, doktor Yelena Rayxer (Temin).
Kitob materiallari muallif tomonidan to‘plangan va Isroildagi O‘rta Osiyo Buxoro yahudiylari ohzaki ijodidan yozib olingan.
Kitob ivrit(yahudiy) va ingliz tillarida berilgan Kirish qismi, Buxoro yahudiylarining oilaviy va an’anaviy bayramlarda aytilishi urf bo‘lgan qo‘shiqlari notalari, ularning matni, ularga sharhlar, shuningdek, qo‘shiqlar yozilgan 2ta CDdan iborat.

26.01.2015 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 2014 yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi


2015 yil 26 yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida 2014 yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda kutubxona rahbariyati, xizmat rahbarlari, xodimlar va mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjayev o‘z nutqida 2014 yildagi Milliy kutubxonaning faoliyati va 2015 yil istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida gapirdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Vazirlar Maxkamasining kengaytirilgan yig‘ilishida 2014 yil yakunlariga bag‘ishlangan ma’ruzasida keltirilgan ko‘rsatmalarga alohida urg‘u berildi.


Oldin   53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar