O‘zbekiston Milliy kutubxonasining fondi Zahiriddin Muhammad Boburning polyak tilidagi g‘azallar to‘plami bilan to‘ldirildi. -
Bo`limga qaytish
04.10.2013
Zahiriddin Muhammad Boburning g‘azallar to‘plami birinchi marotaba polyak tiliga polshalik mutaxassis Yanuj Kjijovskiy tomonidan tarjima qilinib, kitob shaklida chop etildi. Ushbu nashrning ikki nusxasi muallifning iltimosiga binoan, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga foydalanish uchun taqdim etilgan. Marhamat ushbu g‘azalar to‘plamini "Jahon" xorijiy adabiyotlar zalida o‘qishingiz mumkin.