Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
03.02.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida fevral oyida tashkil qilinadigan tadbirlar


5 fevral kuni soat 15:00da majlislar zalida buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavvalud topgan kun munosabati bilan davra – suhbati va kitob – rasmli ko‘rgazma, kinomarkazda “Alisher Navoiy” filmi namoyishi;
7 fevral kuni san’atshunos, arxeolog – olim, O‘zbekiston FA akademigi G. Pugachenkova tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Kashfiyot” zalida adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi;
7 fevral kuni soat 15:00 da kichik majlislar zalida Psixologlar uyushmasi tomonidan davra – suhbati;
10 fevral kuni soat 15:00 da majlislar zalida O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir va davlat arbobi Mirzo Bobur tavalludiga bag‘ishlangan davra – suhbati va “Andadur joni Boburning” nomli kitob – rasmli ko‘rgazma

03.02.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi” kitobi bilan to‘ldirildi


“Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi” kitobi f.f.d. O‘zbekiston FA akademigi Aziz Qayumov rahbarligida tashabbuskor-boburshunoslar, o‘zbek va chet el olimlari tomonidan Bobur nomidagi Xalqaro jamoat fondi ko‘magida 2014 yilda 744 bet hajmda “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida chop etildi.
“Bobur ensiklopediyasi” monumental nashr bo‘lib, nafaqat boburshunoslik, balki Temuriylar tarixi va Markaziy Osiyo tadqiqotlari sohasiga qo‘shilgan yirik hissadir. Ensiklopediya yuqori saviyada tayyorlangan. U jahondagi barcha sharqshunoslar uchun maxsus qo‘llanma bo‘lmog‘i lozim”, deb kitobni baholaydi Yaponiya Ryukoku universiteti professori, boburshunos Eyji Mano.

03.02.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2015 yil yanvar oyi uchun asosiy ko‘rsatkichlari


Ro‘yhatdan o‘tgan foydalanuvchilar – 3073 (jami – 99396);
Qatnovlar – 55035;
Kitob berilishi – 451453;
Ekskursiyalar (tashkilotlar) – 31, qatnashganlar soni – 885;
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar – 1060, avtoreferatlar – 706, jurnallar – 40, gazetalar – 3868, CD - 21. Jami – 6062;
KBK (Kutubxona Bibliografik Klassifikatsiyasi) qo‘yildi – 277;

03.02.2015 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan o‘tgan foydalanuvchilar ko`rsatkichi


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 99396 ta foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 316 ta foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan.
2015 yilning yanvar oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 3073 shundan chet el fuqorosi 13 ta
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba- 956
O‘quvchi-1145
Abituriyent-357
Magistr-166

02.02.2015 Milliy kutubxonada elektron ma’lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda


26–30 yanvargacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 213 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 185 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat – 53 ta, texnika – 5 ta, san’at – 13 ta, tabiiy fanlar – 7 ta; maorif va madaniyat – 10 ta, dinshunoslik – 4 ta, ma’lumot adabiyotlar- 1 ta; badiiy adabiyot – 56 ta, adabiyotshunoslik – 9 ta, tilshunoslik - 27 ta), 42 ta avtoreferatlar ( tibbiyot - 14 ta, texnika - 17 ta, tabiiy fanlar –7 ta; q.x. - 3 ta; san’at – 1 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.

30.01.2015 Alisher Navoiyning 574-yillik va Zahiriddin Muhammad Boburning 532-yillik tavalludi munosabati bilan nodir kitoblar va qo‘lyozmalar ko‘rgazmasi


Buyuk shoir, o‘zbek adabiyoti va tilining asoschisi Alisher Navoiy hamda davlat arbobi, Boburiylar davlatining asoschisi - Timuriyzoda Zahiriddin Muhammad Boburlarning tavalludlari munosabati bilan 2015 yil 1-28 fevral kunlari Milliy kutubxona muzeyida ularning asarlari namoyish etilmoqda.
Bu ikki buyuk mutafakkirning asarlari fevral oyi mavzusiga ko‘ra muzey ko‘rgazmasidan o‘rin olgan. Qo‘lyozma va zamonaviy usulda nashr etilgan kitoblar buyuk mutaffakkir, shoir va davlat arboblari Alisher Navoiy va Boburning ijodi va faoliyatlariga bag‘ishlangan.


Oldin   52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar