Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
ICTEXPO-2013 ko'rgazmasi yakuni - Bo`limga qaytish


27.09.2013
O'zbekiston Milliy kutubxonasi 25-27 sentabr kunlari har yili o'tkaziladigan axborot texnologiyalari Milliy ko'rgazmasi ICTEXPO-2013 da faol ishtirok etdi. Ko`rgazmada Milliy kutubxona stendi nafaqat yoshlar balki turli soha vakillarini jalb qildi. 
Milliy kutubxona stendida kutubxona imkoniyatlari, 12ta o`qish zallarining ish tartibi va xizmatlari, Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi (AAKT) ishlash tartibi, “ISBN, ISSN va UDK, BBK”,“Milliy kutubxonaning axborot-kutubxona resurslari elektron imidj-katalogni yaratish”, “Nodir nashr va kulyozmalar ma'lumot bazasini yaratish, saqlash va aniq taqdim qilish jarayonini avtomatlashtirish”, O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Audio-nashrlari milliy ma'lumotlar bazasi” tizimi, “Dissertatsiya va ilmiy ishlarning yagona bazasi” kabi bir qator dastur loyihalari taqdimoti namoyish etildi. 
ICTEXPO - 2013 ko‘rgazmasi doirasida quyidagi aksiyalar o‘tkazildi:
1) «Imtiyozli ro‘yxatdan o‘tish» aksiyasida ko`rgazma davomida 306 ta qatnashchi Milliy kutubxona foydalanuvchisi sifatida ro`yxatdan o`tdi, ular nafaqat yoshlar balki turli soha vakillari: harbiylar, o`qituvchilar, shifokorlar, ko`plab talaba va yoshlarni tashkil etdi. 
Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan 14 yosh va undan kattalar kutubxona  foydalanuvchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tib, imtiyozli 50% chegirma bilan ID-karta egasi bo‘ldi. Ro‘yxatdan o‘tgan har bir foydalanuvchi Milliy kutubxonaning barcha resurslaridan foydalanish huquqini qo`lga kiritdi. 
2)  “Yutuqli lotereya”  aksiyasida ro‘yxatdan o‘tgan har bir ishtirokchiga Milliy kutubxona tomonidan kitob, fleshka, bloknot, futbolka, kalendar, ruchka kabi esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
3) “Super lotereya” aksiyasida ID-kartaga ega bo‘lgan barcha kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdi. Omadli foydalanuvchi va lotereya g`olibi Toshkent xizmat ko`rsatish va servis kasb-hunar kollejining operatorlik yo`nalishi II bosqich o`quvchisi 59542-YUK raqamli ID karta egasi To`lqunov Abdurahim “Planshet”ga ega bo‘ldi. 
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ICTEXPO -  2013 ko‘rgazmasida ikkinchi marotaba qatnashishiga qaramay, Ucell, Beeline, O‘zbektelekom, Clik, Xuavey kabi yirik kompaniyalar qatorida kutubxona ham o‘zining faol ishtiroki uchun munosib taqdirlandi va  “Yoshlar tanlovi” nominatsiyasida g’oliblikni qo`lga kiritdi.
Milliy kutubxonaning ko‘rgazmada ishtirok etishi tashrif buyurganlar uchun yangi axborot-kutubxona texnologiyalari va xizmat turlari haqida, hamda kutubxona mutaxassislari uchun kelgusida axborot-kutubxona muassasiga yangi texnologiyalarni joriy qilish maqsadida, boshqa AKT yangiliklari bilan yaqindan tanishib chiqish imkoniyatini berdi.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar