Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘qituvchi murabbiylar bayrami munosabati bilan tadbir o‘tkazildi - Bo`limga qaytish


27.09.2013
Agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir. 
Islom Karimov
 
27 sentyabr kuni Milliy kutubxonaning Ko‘rgazmalar zalida 1 oktyabr - ummuxalq bayrami munosabati bilan  “...mehringizdan Ustozlar!”  mavzusida uchrashuv va adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professor-o‘qituvchilari Omonulla Madayev, Yormat Tojiyev  kabilar faxriy ustozlar ishtirok etdilar.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalayotgan, ularning bilimini, manaviyatini oshirishga intilayotgan ustoz va murabbiylarni qutlash,zaxmatkash kasb egalariga minnatdorchilik bildirishdan iboratdir. Uchrashuv davomida xalq ta'limi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan ustoz va murabbiylarga yaratilgan sharoit, tizimda ta'lim mazmunini sifat va samaradorligini ko‘tarish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida, shuningdek, ta'limning uzluksizligi va uzviyligi, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta'lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorligi borasida, yurtimizda amaliyotga joriy etilgan uzluksiz ta'lim tizimi,  bugun dunyo hamjamiyati tomonidan yuqori baholanayotgan ta'limning “O‘zbek modeli” samaralari haqida fikrlar bildirildi. Tadbirda ishtirok etgan ustoz va muallimlarni tabrik so‘zlari bilan qutlashdi. Tinglovchi yosh talabalarning ijod maxsulidan ustozlarga bag‘ishlab she'rlar tinglandi.
 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar