Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda -
Bo`limga qaytish
27.09.2013
23 - 27 sentyabrcha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 164 ta yangi nomdagi kitoblar qabul qilinib ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ularga (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 27 nusxa, tibbiyot - 1 nusxa, badiiy adabiyot - 63 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 3 nusxa, diniy adabiyotlar - 15 nusxa, ta'lim va madaniyat - 21 nusxa, tabiiy fanlar - 28 nusxa, ma'lumot adabiyotlari - 1 nusxa, tilshunoslik - 5 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
5268 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi.
Shu kungacha Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarning 2123 tasiga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) indeksi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 415200 taga yetdi.
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 23 - 27 sentyabr holatiga ko‘ra 77 nusxa gazeta; 18 nusxa jurnal; jami 497 bibliografik yozuv kiritildi; 411 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda 75 ta ISBN raqami (72 kattalar adabiyoti va 3 bolalar adabiyoti uchun) berildi. 18 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
10 ta davriy nashrga 2013 yil uchun hisob-kitob shartnomasi tuzildi (ISSN badali).