Foydali resurslar
“Ko’rgazma savdo markazi”da “ICTEXPO-2013” axborot texnologiyalari milliy ko'rgazmasining tantanali ochilish marosimi o’tkazildi.
Milliy kutubxona o'z stendida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 20-martdagi “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi - axborot resurs markazi faoliyatini tashkillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1729-sonli qarori ijrosining ta'minlanishi qanday olib borilayotganini namoyish etdi.
Milliy kutubxona stendida barcha tashrif buyuruvchilar kutubxonaning rivojlanish tarixi, aholiga axborot-kutubxona xizmatlarini ko'rsatishning yangi shakl va metodlarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan yangi xizmatlarning tadbiq etilgani, mavjud axborot resurslarning xilma-xilligi va rivojlanishi, nashr qilingan resurslarni skanerlash, raqamlashtirish va elektron ko'rinishga o'tkazish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha barcha ma'lumotlarni olish imkoniyatiga ega.
Shu qatorda Milliy kutubxona stendida imkoniyatlari, fond, 12ta zalning ish tartibi va xizmatlari, Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimining (AAKT) ishlash tartibi, bir qator taniqli elektron ma'lumotlar bazasi (Emerald, Springer, Jstor va b.)ga kirish imkoniyati mavjudligi, RF va MDH davlatlarinig davlat va soha standartlari, norma va qoidalari elektron mа'lumotlar bazasining ishlashi, kinomarkaz faoliyati va repertuari, ingliz va koreys tili klubida mashg'ulotlarning olib borilishi, “Ijodkorlar klubi”ning yig'ilishlari haqida ma'lumot beruvchi tarqatma materiallar taqdim etilgan.
Shu bilan birga stendda interfaol xizmatlar, ma'lumot izlashning dasturiy ta'minoti, Milliy kutubxona qoshida yig'ma elektron katalogni tuzish, elektron imidj-katalog va hisob-kitob tizimini yaratish, audioresurslar milliy bazasini yaratish kabi bir qator texnik loyihalarning amalga oshirilayotganligini ifodalovchi ma'lumotlar taqdim etilgan.
Shuningdek, tashrif buyuruvchilarga Web-AIBS tizimiga ulangan interfaol kiosklar va yangi zamonaviy texnik jihozlar namoyish etilgan.