Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxona mutaxassislari AKT Sammit-2013 da o‘z ma'ruzalari bilan qatnashdilar - Bo`limga qaytish


24.09.2013
2013 yilning 24 sentyabr kuni Toshkentdagi Xalqaro biznes markazida Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari Haftaligi ochilishi bo‘yicha Milliy sammit bo‘lib o‘tdi. Sammitdan ko‘zlangan asosiy maqsad - hayot faoliyatining turli sohalariga AKTning tatbiq etilishi natijasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, axborot-kommunikatsion soha rivoji tendensiyalari namoyish etuvchi platformani yaratish, shuningdek, O‘zbekistonda AKT sohasini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishdan iborat. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha Milliy sammit har yili an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinadi. Unda AKT sohalarining hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, so‘nggi yutuqlarni muhokama qilish va AKT rivojiga doir e'tiborga molik masalalar bo‘yicha fikr almashishdan manfaatdor bo‘lgan O‘zbekiston, yaqin va uzoq xorij mamlakatlaridan ishtirokchilar qatnashdi.
Bular qatorida Alisher Navoi nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ham o‘z ma'ruzalari bilan Axborot-kutubxona texnologiyalari sektorida faol ishtirok etdi. Unda Milliy kutubxona xodimlari quyidagi ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar:
“O‘zbekiston Respublikasi yig‘ma elektron katologining  me'yoriy-huquqiy asoslari” mavzusida kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati bosh mutaxassisi Kozlenkova Irina Vladimirovna, 
“Dunyodagi axborot-kutubxona rivojlanish g‘oyalari: IFLA kongressining natijalarida (Singapur 2013)” mavzusida Xalqaro aloqalar tashkil etish xizmati rahbari  Japarova Aliya Serikovna, 
“Foydalanuvchilarga resurslarni elektron yetkazib berishni rivojlantirish” mavzusida Elektron buyurtmalarni muvofiqlashtirish va resurslarni masofaga yetkazib berish xizmati rahbari Gaziyev Askar
“Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida xalqaro ISBN va ISSN tartib raqamlarini interfaol uslubda tashkillashtirish” mavzusida Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati I toifali mutaxassisi  Yuldosheva Kamola
«Zamonaviy axborot-kutubxona muassasalari- chegarasiz axborot markazi» mavzusida ilmiy metodika va tadqiqot xizmati yetakchi mutaxassisi Polyakova Veronika Sergeyevna
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar