E'lon! Milliy kutubxona 25-27 sentyabr kunlari «Ko‘rgazma Savdo Markazi» da bo‘lib o‘tadigan XII xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalari ICTEXPO - 2013 ko‘rgazmasida ishtirok etadi -
Bo`limga qaytish
24.09.2013
Milliy kutubxona 25-27 sentyabr kunlari «Ko‘rgazma Savdo Markazi» da bo‘lib o‘tadigan XII xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalari ICTEXPO - 2013 ko‘rgazmasida ishtirok etadi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ICTEXPO-2013 ko‘rgazmasi doirasida quydagi aksiyalarni o‘tkazadi:
1) «Imtiyozli ro‘yxatdan o‘tish» aksiyasi
Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchi 14 yosh va undan kattalar (albatta yonida tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, pasporti) kutubxona foydalanuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi va imtiyozli ID-karta egasi bo‘lishi imkoniga ega. ID-karta narhi 4000 so‘mni tashkil qilib, u 5 daqiqa ichida ishtirokchiga taqdim etiladi. Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi Milliy kutubxonaning barcha resurslaridan foydalanishi mumkin. Shuningdek, buyurtmalarni ko‘rib chiqgan xolda masofadan turib Web-AIBS dasturi orqali rasmiylashtirishni amalga oshiradi. Elektron buyurtmalarni muvofiqlashtirish va resurslarni masofaga yetkazib berish xizmati an'anaviy hamda masofadan turib dunyoning istalgan burchagidagi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadi.
2) “Yutuqli lotereya” aksiyasi
Ushbu aksiya ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng ko‘rgazmaning 1-2-3 kunlarida o‘ynaladi. “Yutuqli lotereya”da ishtirok etib siz Milliy kutubxona tomonidan kitob, fleshka, bloknot, futbolka, kalendar, ruchka kabi esdalik sovg‘alarni qo‘lga kiritishingiz mumkin.
3) “Super lotereya” aksiyasi
Ushbu aksiya ko‘rgazmaning 3-kuni barcha ID- kartasiga ega bo‘lgan kutubxona foydalanuvchilari uchun bo‘lib o‘tadi va “Super lotereya” g‘olibi super yutuq ya'ni planshetga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi stendiga№ IE-12-17 tashrif buyuring va sovg‘alar sohibiga aylaning!