Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
06.02.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida buyuk shoir, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligiga bag‘ishlangan turkum tadbirlar bo‘lib o‘tdi


2015 yil 5 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Navoiy nazmig‘a boqsang...” mavzusida davra – suhbati, kun davomida esa “Tafakkur” o‘qish zalida “Ayladim ul mamlakatni yakqalam” deb nomlangan kitob – rasmli ko‘rgazma va kutubxona kinomarkazida “Alisher Navoiy” badiiy filmi namoyishi bo‘lib o‘tdi.
“Navoiy nazmig‘a boqsang” mavzusidagi davra – suhbatida taniqli navoishunos- olimlar, teatr aboblari, bastakorlar, yozuvchilar, shoirlar, tadqiqotchilar, talabalar, litsey, kollej va maktab o‘quvchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Navoiyshunos-olima Karomat Mullaxodjayeva Alisher Navoiyning adabiy merosi haqida gapirar ekan: “Alisher Navoiy ko‘ngil uchun she’rlar bitmadi –u o‘zini anglash, o‘zligini tushunish va boshqalarga o‘z falsafiy fikrlarini yetkazish maqsadida qalam tebratdi” deya uning “Hayrat ul abror”, “Hazoinul maoniy” kabi asarlarida ilgari surilgan xikmatlarni misol keltirdi.

06.02.2015 ALISHER NAVOIY VA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDIGA BAG’ISHLANGAN QADIMIY KITOBLAR KO’RGAZMASI


Buyuk shоir, o’zbеk аdаbiyoti vа tilining аsоschisi Alishеr Navоiy hamda davlat arbоbi, Bоburiylar davlatining asоschisi - Timuriyzоda Zahiriddin Muhammad Bоburlarning tavalludlari munоsabati bilan 2015 yil 1-28 fеvral kunlari Milliy kutubхоna muzеyida ularning asarlari namоyish etilmоqda.
Bu ikki buyuk mutafakkirning asarlari fеvral оyi mavzusiga ko’ra muzеy ko’rgazmasidan o’rin оlgan. Qo’lyozma va zamоnaviy usulda nashr etilgan kitоblar buyuk mutaffakkir, shоir va davlat arbоblari Alishеr Navоiy va Bоburning ijоdi va faоliyatlariga bag’ishlangan. Nоdir va tariхiy adabiyotlar asоsan XVIII asr o’rtalari va XXI asr bоshlariga оid bo’lib, хattоtlar tоmоnidan ko’chirilgan qo’lyozmalar, tоshbоsma va zamоnaviy usullarda chоp etilgan kitоblar namоyish qilinmоqda. Shuningdеk, muzеyga qo’yilgan ayrim mashhur g’arb оlimlarining Alishеr Navоiy va Bоbur asarlari, hayoti va ijоdiy faоliyatlarini o’rgangan ilmiy asarlari alоhida ahamiyat kasb etadi.

05.02.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi


2015 yil 5 fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkazilayotgan g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligiga bag‘ishlangan turkum tadbirlar doirasida “Tafakkur” o‘qish zalida “Ayladim ul mamlakatni yakqalam” deb nomlangan kitob – rasmli ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmada Alisher Navoiy asarlariga sharhlar, uning hayoti va ijodiy faoliyatiga, uning falsafiy fikrlariga oid turli yillarda chop etilgan kitoblar namoyish etilmoqda.

03.02.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Diniy ekstremistik oqimlar, missionerlik, “Ommaviy madaniyat” bilan bog‘liq mafkuraviy tahdidlarning oldini olish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi


2015 yil 3 fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish, yoshlarning media savodxonligini va ko‘ngilochar saytlardagi axborotlardan to‘g‘ri foydalanish etikasini shakllantirish yuzasidan o‘tkazilayotgan turkum tadbirlarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir yoshlarni Internet tarmog‘idagi diniy ekstremistik oqimlar, missionerlik harakatlari va “Ommaviy madaniyat” bilan bog‘liq mafkuraviy tahdidlar mavzusiga bag‘ishlandi.

03.02.2015 Foydalanuvchilar diqqatiga!!!


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 2015 yil 5 fevral kuni g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar turkumini tashkil qiladi:

1100 da – Kutubxona kinomarkazida “Alisher Navoiy” badiiy filmi namoyishi;
1500 – Kutubxona majlislar zalida:
“Navoiy nazmig‘a boqsang” mavzusida davra – suhbati
- adabiy badiiy kecha (mushoira, shoir qalamiga mansub asarlardan sahna ko‘rinishlari)

03.02.2015 Respublika yig‘ma elektron katalog markazining 05.01.2015 dan 30.01.2015 gacha bo‘lgan ish jarayonlarining statistik ma’lumoti


Respublika yig‘ma elektron katalogda yig‘ilgan bibliografik yozuvlar soni 950 635 ta (2013 y.);
Yig‘ma elektron katalog onlayn dasturida yuklangan bibliografik yozuvlar soni 205 400 ta;
Hozirgi kunda Respublika yig‘ma elektron katalog ishtirokchilar soni 18 ta.


Oldin   51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar