Milliy kutubxonada Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi bilan hamkorlikda davra suhbati bo'lib o'tdi - Bo`limga qaytish
23.09.2013
23 sentabr kuni Milliy kutubxonada YUNISEF ning ijtimoiy ishlar bo'yicha xalqaro maslahatchisi Terrens Merfining tashrifi yuzasidan davra suhbati bo'lib o'tdi. Mazkur davra suhbati BMT (YUNISEF) Bolalar fondining O'zbekistondagi vakolatxonasi, O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi, M.Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti, O'zbekistonning SOS-Bolalar mahallalari bilan hamkorlikda o'tkazildi.
Uchrashuvning maqsadi O'zbekistondagi ijtimoiy ishlarning rivojlanish holatini o'rganish natijalari; ijtimoiy ishlarning akademik va amaliy sohalarining keyingi rivoji haqidagi tavsiyalarni muhokama qilish, ijtimoiy soha kadrlarini tayyorlash bo'yicha ta'lim standartlarini samarali rivojlantirish usullarini ko'rib chiqish, ijtimoiy faoliyat boyicha Milliy guruhni yangilash, ijtimoiy faoliyat bo'yicha mutaxassislarni (akademik darajada bo'lgani kabi amaliy sohada ham) qayta tayyorlash kurslarining keyingi faoliyati bo'yicha xalqaro maslahatchining baholashini taqdim etishdan iborat.