Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda - Bo`limga qaytish


23.09.2013
16 - 20 sentyabrcha  Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 150 ta yangi nomdagi avtoreferatlar qabul qilinib ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ularga (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 44 nusxa, tibbiyot - 9 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 8 nusxa, texnika - 30 nusxa, san'at - 4 nusxa, ta'lim va madaniyat - 7 nusxa, tabiiy fanlar - 42 nusxa,  psixologiya - 2 nusxa, tilshunoslik - 4 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
 
4889 nomdagi  bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi. 
 
Shu kungacha Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarning 2065 tasiga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) indeksi va bibliografik tavsifi berildi.
 
Jami: hozirgi kunda  AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 414850  taga yetdi.
 
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 16 - 20 sentyabr holatiga ko‘ra 75 nusxa gazeta; 21 nusxa jurnal; jami 490 bibliografik yozuv kiritildi; 257 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
 
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqami  (ISBN) 100 ta (93 kattalar adabiyoti va 7 bolalar adabiyoti uchun)  berildi. 15 ta  hisob-kitob  shartnomasi tuzildi.  
 
Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqami (ISSN)  5 ta davriy nashrga  berildi, 9 ta davriy nashrga hisob-kitob shartnomasi tuzildi.

 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar