Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“Turli diniy oqimlarga kelajak avlodning munosabati” mavzuidagi davra suhbati - Bo`limga qaytish


18.09.2013
O`zbekiston dunyo miqyosida yosh mamlakatlardan biri bo`lishiga qaramay o`z orzusi va maqsadi yo`lida adashmay, turli yot illatlarga bandi bo`lmagan holda o`z kelajagini mustahkam qura olyapti desak, mubolagà bo`lmaydi. Mustaqillik rivojlanishning bir nechta jabhalari qatorida islom ma'rifatining rivoji uchun, shu bilan bir qatorda, musulmonlarning diniy ibodat va marosimlarini ado etishlari uchun ham qulay sharoit yaratib berdi. Qur'oni Karim to‘rt marta o‘zbek tilida chop etildi. Mutaxassis kadrlar tayyorlanib, barcha viloyatlarda diniy o‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsata boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 1999 yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti tashkil qilindi. Mustaqillikkacha 83 ta masjid faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, hozirga kelib 2500 dan ziyod masjidlar faoliyat olib bormoqda.
Shu kabi ulkan ishlarni amalga oshirish yo`lida davlatimizning har bir tashkiloti o`zining hissasini qo`shib kelmoqda. Bular qatorida barchamizga qadrdon maskan bo`lib qolgan, ilm va ziyo chashmasi bo`lmish Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi ham salmoqli o`rin egallagan. 
Joriy yilning 18 sentabr kuni ushbu dargohning majlislar zalida O`zbekiston Diniy ishlar qo`mitasi bilan hamkorlikda “Turli diniy oqimlarga kelajak avlodning munosabati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu kechaga mamlakatimizda diniy ishlar bo`yicha faoliyat olib borayotgan tegishli tashkilotlar hodimlari, olimlar, shoirlar, o`quvchilar, talaba-yoshlar guruhidan tashkil topgan qatnashchilar ishtirok etdilar.
Tadbirda Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov, filologiya fanlari nomzodi Zuhriddin Isomiddinov, shoir Shukur Qurbon, shoir va dramaturg Haydar Muhammadlar qatnashdilar. Ular o`zining mamlakatimizda diniy ishlar bo`yicha olib borilayotgan islohotlar to`g`risida ma`lumotlar, yoshlarning diniy bilimlarini mustahkamlash, diniy ta`limotlarning tog`ri yo`lga qo`yilishi va salbiy ta`sir ko`rsatuvchi omillar haqida kerakli ko`rsatmalar berdilar.
O`tkazilgan tadbir ochiq davra suhbati tarzida bo`lib, bunda ayniqsa yoshlar o`zlarining dinga bo`lgan munosabatlari, bugungi turmushda din qay darajada o`rin egallashi hamda yetarlicha bilimga ega bo`lmaslik qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida turli fikr-mulohazalar bildirdilar.
Tadbir yakunida tashabbuskorlar tomonidan yoshlar o`rtasida mavzuga doir savol-javoblar va kerakli maslahatlar berildi.
Bu kabi tadbirlarning o`tkazilishi insonlar o`rtasida o`zaro loqaydlikni oldini olishning samarali yo`llaridan biri ekanligini ta`kidlab o`tishdi.  
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar