Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda -
Bo`limga qaytish
13.09.2013
9 - 13 sentyabrcha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 188 ta yangi nomdagi kitob qabul qilinib ro‘yxatdan o‘tkazildi.
48 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: tabiiy fanlar - 48 nusxa) va 140 ta avtoreferatlarga (siyosat - 38 nusxa, tibbiyot - 32 nusxa, texnika - 27 nusxa, san'at - 15 nusxa, tabiiy fanlar - 21 nusxa, adabiyotshunoslik - 7 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
4559 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi.
Shu kungacha Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarning 2001 tasiga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) indeksi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 414600 taga yetdi.
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 9 - 13 sentyabr holatiga ko‘ra 143 nusxa gazeta; 13 nusxa jurnal; jami 656 bibliografik yozuv kiritildi; 510 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqami 100 ta (ISBN) berildi. 25 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 5 ta davriy nashrga raqam berildi, 11 ta davriy nashrga 2013 yil uchun hisob-kitob shartnomasi tuzildi.