O‘zbekiston Milliy kutubxonasining fondi Alisher Navoiy g‘azallarining polyak tilidagi to‘plami bilan to‘ldirildi -
Bo`limga qaytish
06.09.2013
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 22-yilligi munosabati bilan polshalik mutaxassis Ya.Kjijovskiy tomonidan Alisher Navoiyning g‘azallari to‘plami birinchi marotaba polyak tiliga tarjima kilinib, kitob shaklida chop etildi.
Alisher Navoiy g‘azallarining polyak tilidagi to‘plam kitoblari Ya.Kjijovskiy tomonidan Polsha davlat kutubxonalariga tarqatilgan.
Ushbu nashrning bir nusxasi muallifning iltimosiga binoan, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga foydalanish uchun taqdim etilgan. Marhamat ushbu g‘azalar to‘plamini “Jahon” xorijiy adabiyotlar zalida o‘qishingiz mumkin.
Ya.Kjijovskiy Lodz shahridagi Tibbiyot akademiyasini va Varshava universitetining falsafa fakultetini tamomlagan. U 1964 yilda Berlin shahrining Gumboldt universitetida fan doktori unvonini, 1986 yilda didaktik faoliyati uchun “Oltin xoch” mukofoti bilan taqdirlangan. Polshaning “Yer haqidagi fan” jamiyati a'zosi va mashhur milliy sayohatchidir.
Ya.Kjijovskiy Sharqning B.Luqnavi, F.Xoshmi va U.Xayyom kabi mashhur shoirlari asarlarini tarjima qilish bilan mashg‘ul bo‘lib, ayni paytda u Bobur asarlari ustida ham ishlamoqda.