Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
20.02.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro ona tili kuniga bag‘ishlangan tadbir


2015 yil 20 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida Xalqaro ona tili kuniga bag‘ishlangan tabdir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni o‘tkazishdan maqsad har bir mamlakatning o‘z tilini, til va madaniy merosini, madaniyatlararo munosabatlarni saqlashga bo‘lgan e’tiboriga alohida urg‘u berishdan iborat.
Tadbirda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari  Krista Pikkat xonim, Bangladesh Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi janob Masud Mannan, O‘zbekiston Baynalmilal do‘stlik markazi direktori Nasriddin Muhammadiyev, milliy madaniy markazlar vakillari, Toshkent shahrida joylashgan OO‘Yu talabalari va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

17.02.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarning media savodxonligini oshirishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi


2015 yil 17 fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Zamonaviy axborot xizmatlarining ommaviy axborot vositalari, jamoat va siyosiy tashkilotlar bilan ishlash shakl va usullari” mavzusida ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish, yoshlarning media savodxonligini va ko‘ngilochar saytlardagi axborotlardan to‘g‘ri foydalanish etikasini shakllantirish yuzasidan o‘tkazilayotgan turkum tadbirlarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari uchun o‘tkazilgan galdagi tadbirni mazkur universitet professor-o‘qituvchilari s.f.n., dots. Sherzodxon Qudratxo‘jayev va f.f.n., dots. Nozima Murodovalar olib bordilar.

17.02.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “O‘zbekiston rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlari” deb nomlangan kitob bilan to‘ldirildi


O‘zR VM qoshidagi prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tomonidan 320 bet hajmida chop etilgan axborot-tahliliy sharh i.f.d. A.M.Sodiqov rahbarligidigi mualliflar guruhi tomonidan taqdim etilgan.
Mazkur sharh O‘zbekistonning 2000-1013 yillar oralig‘idagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini to‘laqonli xarakterlovchi iqtisodiy-statistik materiallarni aks etadi. U respublika tarmoqlari o‘sishi omillari va rivojlanishi yo‘nalishlari to‘g‘risidagi 7 bo‘limdan iborat.
Iqtisodiy o‘sish va makroiqtisodiy stabillikni sharhlash barobarida mualliflar iqtisodiy o‘sish va makroiqtisodiy stabillikni ta’minlovchi omillarni ko‘rib chiqadilar va mamlakat investitsion faoliyatini baholaydilar.

17.02.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Toshkent viloyati. Tamaddun tarixi va taraqiyot istiqbollari” deb nomlangan kitob bilan to‘ldirildi


Mazkur kitob-albom “Ma’naviyat” nashriyoti tomonidan 320 bet hajmida chop etildi. Kitob R. Sulaymonov, R.Qo‘chqorov, Yu.Buryakov va bshq.lardan iborat mualliflar guruhi tomonidan o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etildi.
“Toshkent viloyati deganda ko‘z oldimizda Chotqol, O‘gam, Chimyon kabi tog‘lari, serhosil dalalari, ulkan sanoat korxonalari, zamonaviy shaharlari, fayzli qishloqlari, so‘lim bog‘-rog‘lari bo‘lgan go‘zal bir voha namoyon bo‘ladi”, - deb Islom Karimov 15,3 ming km.2 maydonda joylashgan, 2,7 mln. aholi istiqomat qiluvchi, 14 tuman, 4 shahar, 18 shaharcha va 152 qishloq fuqarolar yig‘inidan iborat Respublika sub’ektlaridan biri - Toshkent viloyatining tabiati va infratuzilmasini ta’riflaydi.
Kitobda Buyuk Ipak yo‘lining muhim bo‘g‘inida joylashgan Toshkent vohasining paydo bo‘lishidan tortib paleolit davri atiqalari Chirchiq daryosining yuqori oqimida, Oxangaron daryosi havzasida, Birchmulla qishlog‘i va Xo‘jakent, Chotqol, Pskem qoyalarida muhrlangan atiqalar haqida hikoya qilinadi.

13.02.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “O‘zbekiston pochtasi: tarix va taraqiyot” deb nomlangan kitob bilan to‘ldirildi


Mazkur kitob “Ma’naviyat” nashriyoti tomonidan 320 bet hajmida chop etildi. Kitob S.Axmedov rahbarligidagi mualliflar guruhi tomonidan o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etildi.
Kitob O‘zbekistonda ko‘p yillik tarixga ega bo‘lgan pochta aloqasi paydo bo‘lishi va taraqqiyotiga bag‘ishlanadi. Ya’ni 2,5 asrdan ziyod O‘zbekiston xududidan o‘tgan Buyuk Ipak yo‘lidan boshlab hozirgi kunda pochta jo‘natmalarini qabul qilish, ishlov berish, jo‘natish, shuningdek, davlat pensiya va nafaqalarini, davriy matbuot nashrlarini tarqatadigan keng tarmoqli tizimga bag‘ishlangan.
Tuzilishi jihatidan kitob-albom keng ommaga tushunarli bo‘lgan axborotlarga boy. Barcha matnlar mazmunga mos, yorqin tasvirlangan rasmlar bilan berilgan.

12.02.2015 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi


2015 yil 12 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida O‘zbekiston xalq artisti sozanda, bastakor O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston djaz-orkestri badiiy rahbari Mansur Toshmatov bilan ijodiy uchrashuv kechasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Umida Abduazimova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Andrey Petrovets, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbon, estrada-sirk kolleji, Mirobod tumanidagi axborot texnologiyalari kolleji o‘quvchilari, Turin politexnika universiteti va O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi talabalari, shuningdek kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirni taniqli jurnalist Boris Babayev olib bordi. Mansur Toshmatov ijodiy yo‘li haqida gapirar ekan moderator uning «Sintez», «Navo», «Sado» kabi vokal-cholg‘u ansabllaridagi faoliyati, u tuzgan “Sideris”, “Setora” guruhlariga alohida urg‘u berib o‘tdi.


Oldin   49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar