Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
10.02.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “She’riyatning ikki darg‘asi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi


2016 yil 10 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ulug‘ shoir, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan “She’riyatning ikki darg‘asi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ma’naviyat targ‘ibot markazi Yunusobod tumani bo‘limi bilan hamkorlika o‘tkazilgan mazkur tadbirda tilshunoslar, faylasuflar, adabiyotshunoslar, shoirlar, yozuvchilar va Yunusobodda joylashgan kollej va akademik litseylar o‘quvchilari ishtirok etdilar. 

09.02.2016 O’zbekiston Milliy kutubxonasida “Alisher Navoiy ijodining ma'naviy hayotimizdagi ahamiyati” mavzusida respublika ilmiy konferensiyasi bo’lib o’tdi


2016 yil 8 fevral kuni O’zbekiston Milliy kutubxonasida “Alisher Navoiy ijodining ma'naviy hayotimizdagi ahamiyati” mavzusidagi respublika ilmiy anjumani bo’lib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti va O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda o’tkazilgan ulug’ o’zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligiga bag’ishlangan mazkur anjumanda navoiyshunos olimlar, adabiyotshunoslar, tarixchilar, tilshunoslar, ilmiy tadqiqotchilar, OTM o’qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

08.02.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Alisher Navoiy - g‘azal mulkining sultoni” nomli ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi


2016 yil 8 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy - g‘azal mulkining sultoni” nomli ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  va xalq ta’limi vazirliklari huzuridagi ZiyoNET bo‘limlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tadbirda p.f.d., professor Qozoqboy Yo‘ldoshev, f.f.n., dotsent Tozagul Matyaqubova, f.f.n. Sirdaryo O‘tanova, shoirlar Shukur Qurbon va Gulchehra Shahobiddin qizi, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat pedegogika universiteti professor-o‘qituvchilari, talabalari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

05.02.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligiga bag‘ishlangan “Navoiy asarlaridagi ezgu g‘oyalarning yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati” mavzusida adabiy kecha bo‘lib o‘tdi


2016 yil 5 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligiga bag‘ishlangan “Navoiy asarlaridagi ezgu g‘oyalarning yoshlarni vatanparvarlik  ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati” mavzusida  adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish sektori tashabbusi bilan o‘tkazilgan bo‘lib, unda   navoiyshunos olimlar, shoirlar, teatr aktyorlari, o‘quvchi yoshlar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Navoiy asarlaridagi ezgu insoniy g‘oyalarni yoshlar ruhiyatiga va onggiga yanada chuqurroq singdirish,  ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,  vatanga sadoqat, o‘tmishga ehtirom, yurt taraqqiyotiga daxldorlik hissi va mustahkam hayotiy pozitsiyasini shakllantirishdagi ahamiyatini yoshlar orasida targ‘ib qilishdan iborat.

05.02.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi tasavvuf alloma at-Termiziy hayoti va ilmiy merosi haqidagi kitoblar bilan boyitildi


O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi tasavvuf alloma Muhammad ibn Ali ibn al-Husayn at-Termiziy hayoti va ilmiy merosi haqidagi “Haj va uning sirlari”, “Inson odobi” va “Termizlik allomalar asarlarining kulyozmalari” nomli kitoblar bilan boyitildi. 

“Haj va uning sirlari” kitobi 2015 yilda “Movarounnahr” nashriyotida 256 bet hajmda, 5000 ming nus’hada chop etilgan. U ilk bor arab tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan bo‘lib, keng kitobxonlar ommasiga taqdim etildi. 

03.02.2016 Kitob muzeyida Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligiga bag’ishlangan ko’rgazma


O’zbekiston Milliy kutub
xonasi muzeyida 3-15 fevral kunlari buyuk shoir, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan nodir va asosan XVII-XX asrlarga dahldor tarixiy adabiyotlar ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda. Bu yerda shoirning xattotlar tomonidan ko’chirilgan qo’lyozmalari, toshbosma va zamonaviy usullarda chop etilgan kitoblar namoyish qilinmoqda. Ko’rgazmada g’arb olimlarining bobokalonimiz Alisher Navoiy hayoti, ijodi va asarlarini tadqiq etishga bag’ishlangan ilmiy izlanishlari alohida o’rin olgan. 


Oldin   1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar