Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan xotira kechasi o‘tkazildi -
Bo`limga qaytish
02.09.2013
Istiqlol yillarida milliy qadriyatlarni tiklash, tariximizni xolis va haqqoniy o‘rganish, nohaq unutilgan tarixiy siymolar xotirasini e'zozlash, madaniyatimiz va san'atimiz rivojiga hissa qo‘shgan ijodkorlar faoliyatini, ularning boy ma'naviy merosini tadqiq etish, targ‘ib va tashviq qilish, tarixiy adolatni qaror toptirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Tariximizning ayanchli, hasratli, fojiali sahifalaridan biri - sovetlarning qatag‘on siyosati davridir. Prezidentimizning 2001 yil 1 maydagi “Qatag‘on Qurbonlarini yod etish kunini belgilash to‘g‘risida”gi Farmoni ustiga kafan tashlangan ushbu davrni o‘rganish yuzasidan yangi ufqlarni ochib berdi. Farmonning qabul qilinishi mazkur yo‘nalishdagi tadqiqotlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga, mustamlakachilik davrida milliy istiqlol va taraqqiyot yo‘lidagi intilishlari uchun nohaq jabr ko‘rgan vatandoshlarimizning ism-shariflarini aniqlash, tarjimai hollari va faoliyatlarini o‘rganish orqali ularning xotiralarini abadiylashtirishda keng imkoniyatlar yaratdi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Tafakkur” katta o‘quv zalida ham 2 sentyabr kuni 31 avgust - Qatag‘on qurbonlarni yod etish kuni munosabati bilan bibliografik obzor o‘tkazildi hamda adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni adabiyotshunos, shoir, hozirgi kunda nafaqaxo‘r YOqubjon Xo‘jamberdiyev ochib berdi. Shoir Shukur Qurbon, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid CHo‘lpon, Fayzulla Xo‘jayev kabi Stalin qatag‘onlaridan jabr ko‘rgan ko‘plab madaniyat arboblari va o‘zbek ziyolilarining kitoblariga bibliografik tasnif berib o‘tdi. Ko‘chalar, oliy o‘quv yurtlari va maktablarga ularning nomlari berilganligi, Vatan ozodligi, tinchligi, farovon hayoti uchun ulardek mardlarcha, fidokorona mehnat qilganliklari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. O‘zligini anglagan har bir fuqaro shu yurtning kelajagi, farzandlar kamoli va yaxshi turmushi uchun bor kuch-quvvatini safarbar qilganliklari haqida so‘zlab berdi. Shu bilan birga shoir o‘z qalamiga mansub she'r o‘qib berdi.
.jpg)